Tarix fanidan Attestatsiya testlari №2 Posted on 17.04.202417.04.2024 By anvartoshev Комментариев к записи Tarix fanidan Attestatsiya testlari №2 нет 0% 207 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Tarix fanidan Attestatsiya №2 Tarix fanidan MALAKA SINOVI UCHUN 2024-yil martda test.uzedu.uz saytida o'tkazilgan rasmiy REPETITSIYA TEST №2 1 / 50 1) 5 Quyidagilarning qaysi biri “Oʻquv jarayonini rejalashtirish”dagi mehnat harakati? 1. Oʻquvchilarning bilimini baholash natijasida olingan maʼlumotlarni inobatga olgan holda rejalarni muvofiqlashtirish 3. Taʼlim maqsadlariga erishish uchun har xil turdagi rejalarni tayyorlashning tuzilishi va tamoyillari 2. Tegishli oʻquv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish 4. Taʼlimning aniq va oʻlchanadigan natijalarini, shuningdek ushbu natijalarga erishishda aniq muddatlar (yil, chorak, dars) uchun vazifalarni aniqlash va ularni rejalarda shakllantirish 2 / 50 2) 10 XV-XIX asrlar Turkiston tarixi, jumladan Toshkent tarixi, Qoʻqon tarixi haqidagi ilmiy nuqtai nazariy shaklda yozilgan asar nomini aniqlang? - “Tarixi jadidayi Toshkand” - “Shohnomaiy nusratpayom” - “Umarnoma” - “Muntaxab ut-tavorix” 3 / 50 3) 3 Quyidagilarning qaysi biri “Oʻquv jarayonini rejalashtirish”dagi zaruriy bilim? 1. Davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarining maqsadlariga muvofiq oʻquv rejalarini ishlab chiqish 4. Dars vaqtini oqilona rejalashtirish, darsning maqsad, shakl va usullarni aniqlash 3. Fanni oʻqitishning turli usullari 2. Zamonaviy axborot texnologiyalarini fanga singdirish 4 / 50 4) 34 MDH tashkilotining qaysi uchrashuvida oʻtgan uchrashuvda Deklaratsiya qabul qilinib, SSSR xalqaro huquq subyekti va geosiyosiy reallik sifatida oʻz faoliyatini tugatganligi taʼkidlandi? - 1991-yil noyabrdagi Olmaota shahrida - 1991-yil dekabrdagi Ashxabad shahrida - 1991-yil mart Toshkent shahrida - 1991-yil dekabrdagi Olmaota shahrida 5 / 50 5) 45 Oʻzaro fikr almashish omillari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan kommunikativ qobiliyatning qanday yoʻnalishlari mavjud? 2. Oʻquvchilarni moslashish; oʻquvchilar jismoniy taʼsir etish; oʻzgalarga taqlid qilish. 1. Oʻquvchilarni ishontirish va moslashish; oʻquvchilar jismoniy taʼsir etish; oʻzgalarga taqlid qilish. 3. Oʻquvchilarni ishontirish; oʻquvchilar ongiga taʼsir etish; oʻzgalarga taqlid qilish. 4. Oʻquvchilarni ishontirish; oʻquvchilar ongi va jismiga taʼsir etish; oʻzgalarga taqlid qilish. 6 / 50 6) 44 I.N.Semyonov kommunikativ refleksiyani qanday sharhlagan? 4. Muammolarni fikrlash asosida ijobiy hal qilishni belgilaydi. 2. Muloqot jarayonida sheriklarining oʻzaro bir-birlarini tushunib munosabat qilishni taʼminlaydi. 3. Oʻqituvchining nizoli (konfliktlar) pedagogik ziddiyatlardan janjalsiz chiqishni fikran izlanish asosida bartaraf qilishni taʼminlaydi. 1. Jamoa aʼzolarining birgalikdagi oʻzaro muntazam mehnat faoliyatlarini muvofiqlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat. 7 / 50 7) 13 Turkistonda koʻtarilgan milliy ozodlik harakatlari boshlanishi sabablari toʻgʻri koʻrsatilgan javobni toping. 4. 1896-yili Namanganda paxta dalalari kengayib, ekin maydonlari qisqarganligiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻaloni 3. 1885-yili Darvishxon boshchiligida qoʻzgʻolon aholidan qoʻshimcha yer soligʻi olishga qarshi boʻlishi 2. 1880-yili Xoʻjandda koʻtarilgan mingboshilar saylovi adolatli oʻtmaganidan norozi boʻlishi 1. 1878-yili Mingtepada Yetimxon boshchiligida koʻtarilgan qoʻzgʻalon soliq toʻplash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqishi 8 / 50 8) 16 “Jizzax qoʻzgʻoloni” nomli doston muallifi kim? - Abdulboriy Qori - Fozil Yoʻldosh oʻgʻli - Ergash Jumanbulbul - Samandar Baxshi 9 / 50 9) 12 Rus bosqinidan keyin Turkistonda qozilar va biylar sudlari aʼzolarining poraxoʻrligini avj oldirgan sababni koʻrsating. 3. Qozilar va biylarga ish haqining kamligi 4. Sudlarga tashkil etilgan saylovlar mustamlakachi hukumat ixtiyorida boʻlishi 1. Qozilar va biylar sudi faoliyati cheklanardi. Asosiy daromadli ishlar rus mahkama sudlari koʻrib chiqardi 2. Qozilar va biylarga maosh toʻlanmasligi 10 / 50 10) 22 Kimlarning tashabbusi bilan 1942-yil martda Turkiston legioniga asos solingan? - Sloh Umarov, Mustafo Choʻqay - Botir Boboyev, Vali Qayumxon - Mustafo Choʻqay, Vali Qayumxon - Boymirza Hayit, Yoʻldosh Ohunboboyev 11 / 50 11) 31 II jahon urushida “Buyuk chekinish”natijada rus qoʻshinlari qaysi hududlarni boy berishga majbur boʻldi? - Kavkazorti, Qora dengiz boʻylari, Shimoliy Belarussiya - Boltiqboʻyi, Belarussiya va Ukraina - Boltiqboʻyi, Sharqiy Belarussiya va Gʻarbiy Ukraina - Polsha, Boltiqboʻyi, Gʻarbiy Belarussiya va Gʻarbiy Ukraina 12 / 50 12) 9 Olloqulixon markaziy hokimiyatdan mustaqil boʻlishga harakat qilgan qaysi xalqlarning qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi? - Orolboʻyi oʻzbeklari va turkman - Turkman va qoraqalpoqlarning - Turkman va qozoqlar - Qozoqlar va qipchoqlar 13 / 50 13) 48 Xaritani kuzating. Unda qanday tarixiy voqea mazmuni aks ettirilgan? - Qadimgi Yunoniston xaritasi - Yunoniston-Makedoniya urushi - Yunon koloniyalarning joylashuvi - Yunon-Fors urushlari 14 / 50 14) 30 1911-yil Buyuk Britaniyada “Ish haqi minimum toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra… - Korxonalar koʻrgan zararning tred- yunionlardan undirilishi taqiqlandi - 13 yoshgacha bolalar ishlashi taqiqlandi - 65 toshga toʻlgan kishilar nafaqaga chiqishi belgilandi - Pensiya, nafaqa va ish haqi oshirildi 15 / 50 15) 23 SSSR hukumatining “1946-1953-yillarda Oʻzbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish rejasi va tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosan … 2. Oʻzbekistonda paxta monokulturasini uzil-kesil joriy qilishga qaratilgan edi. 3. Oʻzbekistonda paxta ekin maydonlarini ekin maydonlari hisobiga koʻpaytirmaslik edi. 1. Oʻzbekistonda paxtani qayta ishlash sanoatini vujudga keltirishga qaratilgan edi. 4. Oʻzbekistonda paxta savdosiga butunlay chek qoʻyib, davlat narxini qatʼiy belgilashga qaratilgan edi 16 / 50 16) 47 Ushbu tarixiy shaxs asos solgan jadid teatriga qoʻshgan hissasini aniqlang. 3. Mahmudxoʻja Behbudiy boshchiligida Samarqandda birinchi bor teatr tashkil etildi. 2. 1910-yil Samarqand va Toshkentda Komissarjevskaya truppasi namunasida teatr tashkil etilgan. 1. 1916-yil Qoʻqon shahrida havaskorlar teatri tashkil etiladi. 4. 1914-yil Toshkentda “Turon” teatr truppasini tashkil etdi 17 / 50 17) 43 Refleksiya – bu … 1. Insonning uzluksiz hayot jarayonini goʻyo bir daqiqaga toʻxtatib, uzib qoʻyadi va insonni xayolan uning sarhadlaridan olib chiqib ketadi, shu vaziyatda insonning har bir harakati hayot haqidagi falsafiy fikr-mulohazalari muayyan bir xarakter kasb etadi. 2. Oʻqituvchining oʻquvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir. 4. Oʻqituvchilarning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini belgilovchi xususiyat boʻlib, oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini taʼminlovchi faoliyatdir. 3. Shaxsning individual-psixologik xususiyati boʻlib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yigʼindisidir. 18 / 50 18) 37 Pedagogik mahoratning asosini tashkil etuvchi komponentlarni aniqlang. 3. Oʻqituvchilik kasbiga sadoqat; oʻz fanining oʻqitish metodikasini mukammal bilishi;pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi; pedagogik texnikani oʻz oʻrnida qoʻllay bilishi. 4. Oʻz fanining oʻqitish metodikasini mukammal bilishi; pedagogik texnikani oʻz oʻrnida qoʻllay bilishi; pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi. 1. Pedagogik texnikani oʻz oʻrnida qoʻllay bilishi; pedagogik qobiliyatlarini namoyish eta olishi. 2. Pedagogik texnikani oʻz oʻrnida qoʻllay bilishi; oʻz fanining oʻqitish metodikasini mukammal bilishi. 19 / 50 19) 27. 2700 yillik yubileyi nishonlangan Oʻzbekiston shaharlari nomi toʻgʻri koʻrsatilgan qatorni toping. - Buxoro, Margʻilon - Termiz, Qarshi - Samarqand, Shahrisabz - Shahrisabz, Qarshi 20 / 50 20) 41 Oʻquvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlari berilgan qatorni aniqlang. 2. kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;har qanday vaziyatda oʻquvchilarga qoʻpollik qilmaslik;oʻquvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish. 4. har bir oʻquvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab chiqishi;muloqotning tarbiyaviy taʼsirini va samarasini eʼtirof etish;muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish. 3. oʻquvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;oʻquvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;oʻqituvchining muloqot madaniyatini toʻgʻri tashkil etishi. 1. pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab chiqishi;oʻz-oʻzini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam taqqoslab borishi;muloqotda milliy maʼnaviyatimiz, urf-odat va anʼanalarimiz imkoniyatlaridan doimiy foydalanish. 21 / 50 21) 15 Qaysi hududda milliy ziyolilarning harakati Turkiston oʻlkasiga nisbatan ogʻir ijtimoiy sharoitda yuzaga keldi? - Xiva - Buxoro - Toshkent - Samarqand 22 / 50 22) 7 Qaysi tarixiy voqealardan keyin hokimiyatda qoʻshhokimiyatchilik vujudga kelgan? - 1506-yil Husayn Bayqoro vafotidan keyin - 1458-yil Abulqosim Bobur vafot etishi - 1447-yil Shohruh Mirzoni vafot etishi - 1469-yil Abu Saidni oq qoʻyunlilar qarshi kurashda halok boʻlishi 23 / 50 23) 25 M.S.Garbachyov va I.A.Karimov prezidentlik maqomiga erishgan sanani aniqlang. - 1990-yil 15–18-aprel; 1990-yil 24-mart - 1989-yil 12–15-mart; 1991-yil 29-dekabr - 1990-yil 12–15-mart; 1991-yil 2-may - 1990-yil 12–15-mart; 1990-yil 24-mart 24 / 50 24) 46 Soʻz bilan ogʻzaki taʼsir qilishda oʻqituvchi nutqiga qanday boʻlishi maqsadga muvofiq boʻladi? 4. Oʻqituvchi nutqi nihoyatda muxtasar, ravon, va muloyim boʻlishi, intonatsiyalar oʻz oʻrnida ishlatilishi kerak. 3. Oʻqituvchi nutqi tushunarli va intonatsiyalar oʻz oʻrnida ishlatilishi kerak. 2. Oʻqituvchi nutqi nihoyatda qisqa, ravon, va muloyim boʻlishi, intonatsiyalar oʻz oʻrnida ishlatilishi kerak. 1. Oʻqituvchi nutqi nihoyatda muxtasar, ravon, va muloyim boʻlishi, intonatsiyalar oʻz oʻrnida jazolash uchun ishlatilishi kerak. 25 / 50 25) 18 Konservativ- so‘zining maʼnosini aniqlang. 2. Grekcha soʼz boʼlib, yangicha qarash, tub islohotlarni qoʼllab- quvvatlovchilar 1. Lotincha soʼz boʼlib, davlat ishlarida diniy qarashlarni ilgari suruvchi, jamoaviy tashkilotlarida diniy tashkilotlar tuzishni qoʼllab quvvatlovchilar 4. Lotincha soʼz boʼlib, hukumatda muhim voqea munosabatlarida qattiq pozitsiyasida turuvchi kuchlar 3. Lotincha soʼz boʼlib, eski tuzum tarafdorlari, islohotlar va oʼzgarishlarga qarshi turuvchilar 26 / 50 26) 28 Qaysi qadimiy davlat tarixida hukmdorlar hamma ishni oʻzining samoviy otasi amri bilan amalga oshiradi degan qarash mavjud boʻlgan? - Qadimgi Rim - Qadimgi Hindiston - Mesopatamiya - Qadimgi Misr 27 / 50 27) 36 Pedagogik mahorat nima? 3. Pedagogik mahorat — oʻqituvchilarning kasbiy fazilatlarini belgilovchi xususiyat boʻlib, oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini taʼminlovchi faoliyatdir. 4. Pedagogik mahorat — umumiy fazilatlarini belgilovchi, kasbiy mahoratini takomillashtirib borish imkoniyatini taʼminlovchi faoliyatdir. 1. Pedagogik mahorat — oʻqituvchilarning shaxsiy fazilatlarini belgilovchi xususiyat boʻlib, oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini taʼminlovchi faoliyatdir. 2. Pedagogik mahorat — oʻqituvchilarning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini belgilovchi xususiyat boʻlib, oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini taʼminlovchi faoliyatdir. 28 / 50 28) 38 Oʻqituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda qanday yoʻnalishlarda olib boriladi? 3. Oʻqituvchining ruhiy – psixologik tayyorgarligi; oʻqituvchining ijtimoiy – pedagogik va ilmiy – nazariy jihatdan tayyorgarligi. 4. Oʻqituvchining shaxsiy fazilatlar boʻyicha tayyorgarligi; oʻqituvchining ruhiy psixologik tayyorgarligi; oʻqituvchining ijtimoiy – pedagogik va ilmiy – nazariy jihatdan tayyorgarligi; oʻqituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi. 2. Oʻqituvchining shaxsiy fazilatlar boʻyicha tayyorgarligi; oʻqituvchining ruhiy psixologik tayyorgarligi; oʻqituvchining ijtimoiy va nazariy jihatdan tayyorgarligi; oʻqituvchining ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi. 1. Oʻqituvchining shaxsiy fazilatlar boʻyicha tayyorgarligi; oʻqituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi. 29 / 50 29) 29 Qanday huquqiy hujjatda qora tanli qullar savdosini taqiqlovchi deklaratsiya imzolangan? - San- Stefano shartnomasida - Vena kongressida - Tilzit shartnomasida - Frankfurkt shartnomasida 30 / 50 30) 20 1918–1920-yillarda amalga oshirilgan “harbiy kommunizm” siyosati mohiyatini aniqlang. 3. Yer-suv islohotini amalga oshirishda mazmunan harbiylashtirilish tizimi. 4. Xususiy mulk yoq qilinib, tadbirkorlikka keng ragʻbat berish. 1. Butun sanoat ishlab chiqarishi davlat qoʻlida jamlanib, qattiq markazlashtirish asosida boshqarish. 2. Xalq xoʻjaligida rahbarlik qilishning harbiylashtirish tizimdan voz kechish. 31 / 50 31) 2 “Inson kapitalini rivojlantirish, oʻqitish va tarbiyalashning klassik va zamonaviy nazariyalari hamda shaxslar-aro va ijtimoiy aloqa jarayonlarini” quyidagilarning qay biriga mansub? - Xavfsiz rivojlantiruvchi taʼlim muhitini yaratish va taʼminlash - Oʻz-oʻzini rivojlantirish va kasbiy oʻsish - Oʻzlashtirishni baholash va qayta aloqani taqdim etish - Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish 32 / 50 32) 8 Ashtarxoniylar davrida qanday davlat boshqaruvidagi oʻzgarish markaziy hokimiyatni deyarli yoʻqqa chiqardi? - Otaliq va devonbegining vazifasining tenglashtirilishi - Maʼmuriy boshqaruvda quyi boʻgʻin -amlok boshqaruvining joriy etilishi - Devon tizimining barbod boʻlishi - Saroy kutvoli lavozimining joriy etilishi 33 / 50 33) 1Oliy toifali oʻqituvchi - kamida 8 yillik ish tajribasi talab qilishi qanday talab hisoblanadi? - Pedagogik faoliyatga qoʻyiladigan talab - Amaliy ish tajribasiga qoʻyiladigan talab - Taʼlim va oʻqitishga qoʻyiladigan talab - Faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berish uchun maxsus talab 34 / 50 34) 49 Rasmlarda qaysi davlat hukmdorlari surati berilgan. - 1)Buyuk Karl- Franklar imperiyasi hukmdori 2)Xlodvig- Franklar davlati hukmdori - 1)Vladimir- Kiyev Rusi knyazi 2) Otton I- Muqaddas Rim imperatori - 1)Buyuk Karl- Franklar imperiyasi hukmdori 2) Meshko-Polsha knyazi - 1)Qirol Artur- Angliya qiroli 2)Yustinian- Vizantiya imperatori 35 / 50 35) 42 Pedagogik muloqot – bu … 2. Oʻqituvchilarning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini belgilovchi xususiyat boʻlib, oʻqituvchilarning taʼlim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini taʼminlovchi faoliyatdir. 3. Shaxsning individual-psixologik xususiyati boʻlib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yigʼindisidir. 1. Shaxsning individual-psixologik xususiyati boʻlib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish obyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yigʼindisidir. 4. Oʻqituvchining oʻquvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir. 36 / 50 36) 14 XIX asrning ikkinchi yarmida yarmida qoraqalpoqlarda tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada tezlashtirgan sababni aniqlang. 3. Qoraqalpoqlarning Xiva xonligi fuqaroligiga oʻtib, Qaroqalpoq ulusining tashkil etilishi 2. Qoraqalpoq yer-suv mulki , chorva mahsulotlarining katta ulushi urugʻ oqsoqollari, ruhoniylari va biylarning qoʻlida toʻplanishi 4. Qoraqalpoqlarda dehqonchilikning, chorvachilikni rivojlanishi 1. Yer-suv mulkining jamoa- xalq qoʻlida boʻlishi 37 / 50 37) 21 Oʻzbekiston SSRda qachon ilk bor maʼmuriy-hududiy boʻlinish oʻtkaziladi? - 1926-yil 27-sentyabrda - 1926-yil 19-avgust - 1924-yil 25-Mart - 1925-yil 29-yanvarda 38 / 50 38) 32 Retsessiya bu-… 4. Iqtisodiyotda ishlab chiqarishning nisbatan moʼtadil pasayishini yoki iqtisodiy oʼsish surʼatlaring sekinlashuvini bildiradi 1. Ishlab chiqarish , texnika, texnologik jarayon kabilarni yangilash, zamonaviylashtirish 2. Jamiyatda maʼlum sohalarni boshqaruvida markazlashtirish 3. Ishlab chiqarishda xalq istʼemoli tovarlarini ishlab chiqarishga keng koʼlamli ishlab chiqazishga oʼtqazish 39 / 50 39) 4 Quyidagilarning qaysi biri “Oʻquv jarayonini rejalashtirish”dagi zaruriy koʻnikma? 3. Oʻz faoliyatini fanlararo kompetensiyalar predmetining korrelyatsiya va integratsiya tamoyillarini inobatga olgan holda rejalashtirish ъ1. Fanlararo kompetensiyalarni fanga singdirish, oʻz fanini boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻlash (korrelyatsiya) 2. Oʻqitiladigan fan davlat taʼlim standartlari va asosiy umumtaʼlim dasturi, uning tarixi, shuningdek jahon madaniyati va fanidagi oʻrni talablar doirasida 4. Oʻquvchilar bilimini baholash natijasida olingan maʼlumotlarni inobatga inobatga olgan holda, darsning aniq va oʻlchamli maqsad va natijalarini aniqlab, dars rejasini ishlab chiqish 40 / 50 40) 26 Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy huquqiy shakli bu-… - Yigʻilish - Majlis - Kengash - Sessiya 41 / 50 41) 35 Asar yoshlik, orzu va unga intilish haqida. “Taqdiriga erishish — mana insonning haqiqiy burchi”deya qaysi adib oʻz asarida aytib oʻtadi? - Paulo Koelyo “Alkimyogar” - Joan Rouling “Garri Potter” - Xolid Husayniy “Shamol ortidan yugurayotgan odam” - Bernar Dadye “Ozodlik” 42 / 50 42) 40 Shaxsning ichki qobiliyati nimada aks etadi? 3. Oʻqituvchining oʻz xatti harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyati, harakat ohangini his qilgan holda yoʻnaltiradi, vaqtni harakat surʼati bilan his qiladi. 1. Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi. 4. Musiqani sevishadi, ohangni yaxshi his qilishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi, ayniqsa, sheʼr va qoʻshiqlarni sevib tinglaydi. 2. Oʻz-oʻzini mukammal bilishi, tushunishi va his qilishi, irodasi mustahkam, qatʼiyatli, har qanday vaziyatda oʻz fikr-mulohazasini erkin bayon eta olishida. 43 / 50 43) 19 Qatorga mos boʻlmagan javobni aniqlang. - Muqimiy “Tanobchilar”, “Saylov” - Mahmudxoʻja Behbudiy –“Padarkush” - Abdulla Qodiriy “Baxtsiz kuyov” - Muhammad Yusuf Bayoniy-“Shajarayi Xorazmshohiy” 44 / 50 44) 6 Amir Temur davlatida jami 7 ta vazir ijroiya hokimiyat-Devonda faoliyat olib borgan. Ularning 3 nafariga bir xil yuklatilgan vazifalarini aniqlang. - Moliya ishlari - Harbiy ishlar - Sarhadlar va tobe mamlakatlar boshqaruvi - Mulkchilik va soliq ishlari 45 / 50 45) 39 Qobiliyat bu- … 4. Shaxsning individual-psixologik xususiyati boʻlib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish obyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual pedagogik sifatlar yigʻindisidir. 1. Shaxsning individual-psixologik xususiyati boʻlib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yigʻindisidir. 3. Shaxsning individual-psixologik xususiyati boʻlib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart–sharoitini ifodalovchi umumiy pedagogik sifatlar yigʻindisidir. 2. Shaxsning individual-psixologik xususiyati boʻlib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish obyektiv shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yigʻindisidir. 46 / 50 46) 11 Rus bosqini arafasida Buxoro amirligining harbiy kuchini zaiflashtirgan omillar xato berilgan javobni aniqlang? - Aholining askarlikka borishdan bosh tortishiga qarshi soliqning joriy etilishi - Qoʻqon xonligi bilan olib borilgan uzluksiz urushlar - Zamonaviy harbiy texnikada ortda qolish - Ichki nizolar 47 / 50 47) 17 Javoblardan Buxoro amirligida koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar toʻgʻri berilgan qatorni toping? - 1888-yil Kalifda koʻtarilgan qoʻzgʻolon - 1888-yil Koʻlob bekligida koʻtarilgan qoʻzgʻolon - 1886-yil Bajluvonda koʻtarilgan qoʻzgʻolon - 1185-yil Kogonda koʻtarilgan qoʻzgʻolon 48 / 50 48) 24 Ittifoqqa toʻgʻridan to‘g‘ri boʻysunuvchi, mahalliy hokimiyatga boʻysunmaydigan Oʻzbekiston SSR shaharlarini aniqlang. - Navoiy, Uchquduq, Zarafshon - Zafarobod, Zarafshon, Uchquduq - Navoiy, Gazli, Uchquduq - Zarafshon, Navoiy,Shoʻrtan 49 / 50 49) 50 Oʻrta asrlarda roman uslubida qurilgan, Fransiyada joylashgan Puate ibodatxonasi suratini toʻgʻri toping. 1) 2) 3) 4) -4 -3 -2 -1 50 / 50 50) 33 1950-yillarda Hindistonda “J.Neru kursi” shakllandi. Bu nimani anglatadi? 1. Bu buyuk davlatlar oʻrtasidagi mojorolardan chetda turish, qoʻshilmaslik siyosati edi. 2. Hududiy masalalarda Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi mojorolardagi qatʼiy pozitsiyasi. 3. Iqtisodiy oʻsish kursi, rupiyaning qadrlanishi. 4. Ishsizlikka qarshi kurashish orqali aholining kam taʼminlagan qismini moddiy yashash ahvolini yaxshilanishning oʻsish kursi. Your score is 0% Qayta boshla Attestatsiya, Tarix (att)