Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №14 Posted on 13.05.2024 By anvartoshev Комментариев к записи Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №14 нет 0% 2 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №14 Jismoniy Tarbiya fanidan Attestatsiya testlari №14 1 / 50 1) 242. “Umid jamgʻarmasi” qanday maqsadda tuziladi? Iqtidorli yoshlarni chet elda ta’lim olishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuzilgan? 2 / 50 2) 249. Ma’naviyat jihatdan etuk shaxs deganda nimani tushunasiz? Yuksak e’tiqodli, iymonli, Vatan va xalq oldidagi mas’uliyat, fidoyilik kabi fazilatlarga ega. 3 / 50 3) 239. “Pedagogik texnologiya” soʻz birikmasi nimani anglatadi? “Pedagogik texnologiya” – butun oʻqitish va oʻzlashtirish jarayonida oʻz oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qoʻyuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning oʻzaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qoʻllash va belgilashning tizimli uslubidir. 4 / 50 4) 277. Ayollar uchun “yadro”ning ogʻirligi qancha? 4 кг aylanasi 95-110 см. 5 / 50 5) 285. “Motosport” deganda nimani tushunasiz? “Motosport” deganda motorli texnikalar orasida oʻtkaziladigan bellashuvlarga aytiladi. 6 / 50 6) 248. “Gimnastika” soʻzining ma’nosi nima? Gimnastika yunoncha “gimnos” soʻzidan kelib chiqib, yalangʻoch degan ma’noni, gimnastika soʻzi esa mashq qildiraman degan ma’noni anglatadi. 7 / 50 7) 270. “Balandlikka sakrash” plankasi haqida aytib bering. Balandlikka sakrash plankasining uzunligi 3,64 см dan 4,00 м gacha, ogʻirligi 2 кг.gacha. Aylanasi 3 см. 8 / 50 8) 268. “Balandlikka sakrash” chuqurchasining oʻlchami qancha? 5x4m. Hozirgi paytda yumshoq, prujinasimon matlardan foydalaniladi. 9 / 50 9) 274. “Qoʻnish” maydoni qancha (langar choʻp). Balandligi 5×5 oʻlchamdagi parallel matlardan toʻshaladi. 10 / 50 10) 258. Engil atletikada masofalar nechchiga boʻlinadi? Engil atletika: yugurish masofalari uchga boʻlinadi. Qisqa, oʻrta, uzoq. 11 / 50 11) 256. Ayollar engil atletika musobaqalarida qaysi turlardan musobaqalashadilar? 60, 100, 200, 400, 800, 1500, 1 mil, 300 м, 100, 200, 400, 4×100, 4×200, 4×400, 4×800, uch xatlab sakrash, 4×1500 m, balandlikka sakrash, uzunlikka sakrash, yadro turtish, disk, nayza, besh kurash. 12 / 50 12) 262. Finish (yoki marra) nima? Oʻyin ishtirokchisi badani belgilangan chiziqni bosib oʻtsa musobaqani tugatgan hisoblanadi. Agar bir xil natija boʻladigan boʻlsa “foto” finish buni aniqlab beradi. 13 / 50 13) 273. “Langar choʻp bilan sakrash” haqida soʻzlab bering. “Stoyka haqida”. Zamonaviy stadionlarda stoykalar 5 м40 см, oraligʻda oʻrnatiladi. Sakrash plankasining uzunligi 3,86 см – 4 м52 см gacha. Umumiy ogʻirligi esa 2,6 кг. 14 / 50 14) 251. Vatan tushunchasi nima? Vatan (arabcha Ona yurt) – kishilarning oʻzi yashab turgan avlod, ajdodlari tugʻilib oʻsgan millati shakllangan joy. 15 / 50 15) 264. “Uzunlikka sakrash” maydoni haqida ma’lumot bering. Yugurish yoʻlakchasi 40 м, eni 1 м22 см. Sakrash taxtasi eni 20 см, brusok bilan sakrash chuqurchasi masofasi eng kam 1 метр. Sakrash chuqurchasidan qum tepa sirt bilan bir xilda boʻlishi lozim. Chuqurchasini eni kami 2,75 см, brusokdan chuqurchasi masofa 10 м dan kam boʻlmasligi kerak. (xalqaro musobaqalar uchun) 16 / 50 16) 265. “Uch xatlab sakrash” haqida qanday tushunchaga egasiz? Uch xatlab sakrash yugurish hamda uch marta navbatma-navbat oyoqni sakrash xolatiga aytiladi. Uch xatlab sakrash sport turi XVIIIasrlarda Irlandiyada mashxur boʻlgan. Birinchi qadam qoʻyilsa, “xop” ikkinchi qadam “xop” uchinchisi jami sakrash oʻng oyoqdan oʻng oyoqqa tushib sakraladi. 17 / 50 17) 238. 1-Olimpiada oʻyinlari qachon, qaerda oʻtkazilgan? Miloddan avvalgi 776 yili birinchi Olimpiada oʻyinlarining sanasi hisoblanadi. Hozirgi zamon Olimpiadasi esa 1896 yili oʻtkazildi. Ushbu Olimpiada Gresiya-Afinadagi Marmar stadionda oʻtkazilib, 80 ming tomoshabin ishtirok etgan. 18 / 50 18) 247. Jismoniy tarbiya darsi bayonnomalari qanday yoziladi? Jismoniy tarbiya darslari bayonnomalarida dars maqsad va vazifasi, kerakli jihozlar va oʻtkazish joyi koʻrsatiladi. Shuningdek, bajariladigan urm toʻliq yoziladi. Dars asosiy qismida jismoniy mashqni bajarish usullari keng batafsil bajarish boʻyicha tavsiyalar ham keltiriladi. Dars yakuniy qismida bajariladigan tinchlantiruvchi mashqlar va oʻyinlar ham toʻliq qayd jtiladi. Har bir harakat va mashqlar bajarish soni, uslubiy tavsiyalar ham bayonnomada keltiriladi. 19 / 50 19) 283. “Changʻi” sporti qachondan boshlab “qishki olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan? “Changʻi” sporti 1924 yildan beri “Olimpiada” oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 20 / 50 20) 269. “Balandlikka sakrash” yugurish yoʻlakchasi qancha? Uzunligi 15 метр. 21 / 50 21) 272. Uzunlikka sakrashda nechta “faza” bor? Uzunlikka sakrashda toʻrtta “faza” bor, yugurish, depsinish, uchish va qoʻnish. 22 / 50 22) 245. Oʻzbekistonda ikki palatali parlament tizimi joriy etilishining ahamiyati nimalardan iborat? Oʻzbekistonda ikki palatali parlament tizimi joriy qilinishining asosiy maqsadi dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan parlamentarizm tajribasi, Oʻzbekiston xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda qonun chiqaruvchilarning eng muhim davlat masalalarini hal etishdagi rolini qabul mexanizmini yaratish va mamlakatning professional Oliy qonunchilik organini shakllantirishdan iborat. Quyi palata qonunchilik palatasi deb nomlanib, qonun qabul qilish, yuqori palata senat deyiladi. U qonunlar ustidan qarorlar qabul qiladi. 23 / 50 23) 253. “Kriket” sport turi haqida nima bilasiz? Bu oʻyin XVIIasrlarda Fransiyada ma’lum boʻlgan. Bu oʻyinda oʻyinga xos iboralarlar ishlatiladi. Oʻyinning maqsadi ozroq zarbalar berib, sharlarni belgilangan darvozalardan oʻtkazish. – Oʻyin maydoni 20×40 oʻlchamga ega boʻlishi lozim. Maydon nihoyatda tekis boʻlishi shart. Oʻyinda foydalanadigan tayoqning uzunligi 80-100 см, undan tashqari (balandligi 40 см) ikki dona qoziq hamda 8-12 ta toʻsiq kichik rezinalar bilan tepasi bogʻlangan. Toʻsiqlar tagida 7-8 см aylanaga ega bolgʻachaning, uzunligi esa 15-25 см, 4-8 dona shardan iborat. Sharning aylanasi 9 см, ogʻirligi 400 gr. Bu oʻyinni ikki kishi oʻynaydi. Bunda har ikkala oʻyinchi 2 donadan shar olishib, belgilangan joydan darvozaga qarab bolgʻalar bilan uriladi. Belgilangan vaqtda qaysi oʻyinchi koʻproq shar tushirsa oʻsha oʻyinchi gʻolib deb topiladi. 24 / 50 24) 241. Ikkinchi Olimpiada oʻyinlari qachon, qaerda oʻtkazilgan? 1900 yili 20-28 may kunlari Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazildi. Bunda 21 ta davlat ishtirok etdi. Sportning 18 turi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi. (Velosport, suv polosi, engil atletika, elkanli sport, suzish, polo regbi, oʻq otish, kamondan oʻq otish, tennis, qilichbozlik va futbol). 25 / 50 25) 275. “Yadro turtish” maydonining oʻlchami qancha? Yadro turtish maydoni sektori 2 м35 см ni tashkil etadi. Oldi tomoni esa oq chiziq bilan boʻyaladi. Oldindagi oq chiziqni uzunligi 1 м22 см. 26 / 50 26) 278. “Disk” uloqtirish maydoni haqida nima bilasiz? Disk uloqtirish maydoni aylanasi 2 м50 см. 27 / 50 27) 263. Estafeta tayoqchasini oʻlchami qancha? Yumaloq, uzunligi 28-30 см, yoʻgʻonligi 120 мм, ogʻirligi 50 gr. 28 / 50 28) 257. Ayollar uzoq masofaga belgilangan masofa turlarini aytib bering. 30 км, marafon yugurish, 3,5 км ga yugurish. 29 / 50 29) 286. “Motosport” nechaga boʻlinadi? Motosport asosan 4 га boʻlinadi. 1) Avtomobil sporti. 2) Motosiklsporti 3) Suvda 4) quruqlikda motorlashtirib oʻynaladigan sport turlari. 30 / 50 30) 246. Ektremizm va aqidaparastlik nima? Diniy ekstremizm – ma’lum siyosiy maqsadlar yoʻlida va din niqobi ostida mutaasiblar yoki ularning irodasiga koʻra ish koʻruvchi guruhlar tomonidan olib boriladigan oʻta ashaddiy va qarashlar yigʻindisidir. —Aqidaparastlik – siyosiy maqsadlar yoʻlida mavjud ijtimoiy muammolarni ilk, ya’ni mazkur din paydo boʻlgan paytdagi arkonlar asosida hal etmoq niyatidagi harakat va qarashlardan iborat. 31 / 50 31) 252. Siyosiy partiya nima? Siyosiy partiyalar oʻz faoliyati bilan fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligiga asoslangan demokratik jamiyat barpo etish gʻoyasining amalga oshirishga xizmat qiladi. Oʻzbekistondagi har bir partiya oʻz dasturiy qarash va maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun barcha huquqiy asos va qat’iy kafolatlarga ega. 32 / 50 32) 244. Annotasiya nima? Annotasiya – asar haqidagi qisqa ma’lumot yoki asarning qisqacha mazmuni. 33 / 50 33) 276. Yadroning ogʻirligi qancha? Yadroning ogʻirligi xalqaro qoidalarga asosan 7 кг 257 gr. Aylanasi 110-130 см. Latun yoki boshqa metalldan qilinadi. 34 / 50 34) 282. Xalqaro “changʻi” sporti qachon tashkil topgan? Xalqaro “changʻi” sporti federasiyasi 1925 yili tashkil topgan. 35 / 50 35) 250. Umumta’lim maktablarida oʻtkaziladigan sport musobaqalari kalendar rejasi qanday tuziladi? Eng avvalo maktab jismoniy tarbiya jamoasi kengashi chaqirilib, maktabdagi jismoniy tarbiya va sportga yaratilgan sharoitlardan kelib chiqib, quyidagicha tuziladi. 200_-200_ oʻquv yilida oʻtkaziladigan sport-ommaviy tadbirlari rejasi. 36 / 50 36) 260. “Start” komandasi haqida ayting. Barcha engil atletika (yugurish) turlarida “Start” diqqat komandalari berilgan, pistolet otilishi bilan musobaqa ishtirokchisi yugurishni boshlaydi. Shuni esdan chiqarmaslik kerak-ki, berilayotgan komanda oʻsha mamlakat tilida jaranglaydi. 37 / 50 37) 279. Erkaklar uloqtiradigan diskning ogʻirligi qancha? 2 кг aylanasi 219-221 см. Yoʻgʻonligi 44-46 мм. 38 / 50 38) 271. “Uzunlikka sakrash” usullarini aytib bering. Uzunlikka sakrashda quyidagi usullar mavjud. “Qadamlab” oyoqlarni bukib hamda “qaychi” usuli. 39 / 50 39) 254. Engil atletikadan sportchi “rekord” oʻrnatsa qanday holatda hisobga olinadi. Rekordlar haqiqiy engil atletika assosiasiyasi qoidalariga mos kelsa, stadion atrofida yoki yoʻlaklarda haqiqiy tabiiy er boʻlsa, shamolning kuchi sekundiga 2 м dan oshmasa hamda koʻrsatilgan natijalar (yugurish) elektr oʻlchagichlar orqali hisoblana soʻngra hisobga olinadi. 40 / 50 40) 284. Togʻ changʻisidan musobaqalar qaysi masofalarda oʻtkaziladi? 5 км, 10 км, 20 км, 4×5 km ga estafeta, 15 км. Bu masofalarni ayol va erkaklar bosib oʻtadilar. 30 км, 50 км marafonga yugurishdan musobaqa. 41 / 50 41) 280. Ayollar uloqtiradigan “Disk” ogʻirligi qancha? Ogʻirligi 1 кг aylanasi 180-182 мм. Qalinligi 12 мм. 42 / 50 42) 267. “Balandlikka sakrash” maydoni haqida nima bilasiz? Bunda sakrash chuqurchasi, 2 dona stoyka, 1 dona planka. 43 / 50 43) 266. Uch xatlab sakrash uchun maydon oʻlchami qancha? Uzunlikka sakrash uchun ishlatiladigan maydondan foydalaniladi. 44 / 50 44) 261. “Falstart” soʻzining ma’nosini aytib bering. Pistolet otilgunga qadar musobaqa ishtirokchisini qoʻli, yoki oyogʻi belgilangan chiziqdan chiqib ketgan boʻlsa oʻsha qoida buzgan ishtirokchi ogohlantiriladi. Agarda yana oʻsha ishtirokchi yana bir marta qoidani buzsa oʻsha oʻyin ishtirokchisi oʻyindan chiqariladi. Koʻpkursh sport turida esa ishtirokchi uch marta qoida buzsa, oʻyindan chiqariladi. 45 / 50 45) 240. Standart tushunchasi nimani anglatadi? Standart – boshqa ob’ektlarini taqqoslash uchun dastlabki ob’ekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model, standartlanadigan ob’ektga qoʻyiladigan vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan normalar, qoidalar talablarni belgilovchi normativ texnik hujjat. 46 / 50 46) 255. Erkaklar qaysi masofalarda musobaqalashadilar? 100, 200, 400, 800, 1500, 3000, 5000, 10000, 20000, soatlab yugurish, 3000 м ga toʻsiqlardan oshib yugurish, 110, 200, 400 м ga toʻsiqlardan oshib yugurish. Sportcha yurishlar 20, 30, 50 км, 2-soatli yurish, 4×100, 4×200, 4×400, 4×800, 4×1500. masofalarga estafetali yugurish. Balandlikka va uzunlikka sakrash, uch xatlab sakrash, yadro turtish, disk, nayza, bosqon uloqtirish, oʻn kurash, langar choʻp bilan sakrash. 47 / 50 47) 281. “Changʻi” sportining vatani haqida ma’lumot bering? Hozirgi zamon “changʻi” sportining vatani Norvegiya hisoblanadi. 1767 yili shu mamlakatda changʻi sportidan birinchilik oʻtkazilgan. 48 / 50 48) 259. Yugurish deb nimaga aytiladi. Inson organizmini chiniqtiradigan, chidamlilikni oshiradigan irodani toblaydigan harakat vositasiga yugurish deb aytiladi. 49 / 50 49) 287. Birinchi motosikl kim tomonidan oʻylab topilgan. Birinchi motosiklni 1885 yil ingliz Daymmrom oʻylab topgan. 50 / 50 50) 243. Uchinchi Olimpiada oʻyinlari qachon, qaerda oʻtkazilgan? 1904 yili 1 iyul kuni AQShning Sent Luis shahrida boshlanib, 23 noyabrga qadar davom etgan. 16 ta sport turidan musobaqalar oʻtkazildi. Ваша оценка 0% Qayta boshla Attestatsiya, Jismoniy tarbiya (att)