Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №17 Posted on 13.05.2024 By anvartoshev Комментариев к записи Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №17 нет 0% 8 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №17 Jismoniy Tarbiya fanidan Attestatsiya testlari №17 1 / 50 1) 136. Futbol sport turi qachondan boshlab, olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan? 1908 yili IV olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 2 / 50 2) 90. Yunon-rum kurashi haqida nima bilasiz? Bizning eramizdan 3000 yil oldin ham bu kurash toʻgʻrisida tarixiy manbalarda aks etgan. Bu kurash bizning “belbogʻlik” kurash sport turiga oʻxshab ketadi. Bunda kurashchi beldan tepasida kurashadi. Oʻsha zamonlarda agar ayol bilan erkak bir-biridan ajraladigan boʻlsa qozining amri bilan erkak kishini beligacha koʻmib qoʻyishib, ayol bilan kurashtirishgan. 3 / 50 3) 129. Gimnastika sport turi oʻz mazmuniga koʻra necha turga boʻlinadi? 1. Asosan 3 га boʻlinadi. —Sport gimnastikasi. —Badiiy gimnastika. —Akrobatika. 4 / 50 4) 98. 16 yoshgacha oʻgʻillar va qizlar setkaning balandligi qancha? 2 м352,2 см. 5 / 50 5) 103. Uzunlikka sakrash chuqurchasini oʻlchami qancha? Uzunasi 6 м, eni 2 м75 см. Yugurish yoʻlakchasini eni 1 м25 см. Sakrash uchun 45 метр uzoqlikda yugurib kelish mumkin. 6 / 50 6) 130. Gimnastika sport turida nechta jihozda musobaqalar oʻtkaziladi? Asosan 6 ta jihozda: 1) Perekladinada; 2) Brusyada; 3) Uzun otda; 4) Xalqalarda; 5) Qoʻllik ot; 6) Erkin mashqlar. 7 / 50 7) 106. Saf mashqlari haqida nima bilasiz? Safda birgalikda bajariladigan, shugʻullanganda uyushqoqlik va intizomli jamoa boʻlib, harakat malakalarini, qaddu-qomatlarini, shuningdek, ritm va sur’at hissini tarbiyalashga yordamlashadigan harakatdir. 8 / 50 8) 89. “Boks” sport turidan III oʻsmirlar darajasini olish uchun necha marta gʻolib chiqish mumkin? III oʻsmirlar darajasini olish uchun boksyor 6 marta ringda yangi ringga chiqqan oʻquvchilardan gʻolib chiqish lozim. 9 / 50 9) 105. Yoshlar va qizlar necha sm balandlikdagi toʻsiqlardan foydalanadilar? Yoshlar (oʻgʻil bolalar) 100 см. Qizlar 76,2 см. 10 / 50 10) 102. Balandlikka sakrash plankasining ogʻirligi qancha va u qanday oʻlchamga ega? Sakrash plankasi yoʻgʻonligi 3 см, ogʻirligi 2 кг planka uzunligi 366 smdan 402 smgacha boʻladi. 11 / 50 11) 133. Gimnastika sport turidan qachondan boshlab jahon birinchiliklari oʻtkazilmoqda? 1905 yildan beri. 12 / 50 12) 100. Voleybol oʻyini necha partiyadan va necha hisobgacha oʻynaladi? Umuman olganda voleybol oʻyini 25 hisobgacha taybrek usulida oʻynaladi. Partiyalar soni 5 yoki 3 ta oxirgi partiyalarda 15 gacha oʻynaladi. 13 / 50 13) 101. Yugurib kelib, balandlikka sakrash yoʻlakchasi necha metrni tashkil etadi? 15 metrni. 14 / 50 14) 122. Velosport (shosse)velosipedning ogʻirligi qancha? 8,5 кг. 15 / 50 15) 110. Kuch deganda nimani tushunamiz? 1. Kuch deb tashqi qarshilikni muskullar tarangligi bilan engish qobiliyatiga aytiladi. Kuch asosan uchga boʻlinadi: —Absolyut kuch – muskullarni namoyon qiluvchi kuchdir. —Nisbiy kuch – kuch koʻrsatkichlarini tana vazniga nisbatan olinadi. —Portlovchi kuch – qisqa vaqt ichida katta miqdorda kuch namoyish qilish. 16 / 50 16) 93. Voleybol oʻyini tarixi haqida soʻzlab bering. Voleybol oʻyini 1895 yili Amerika qoʻshma shtatlarida tashkil topgan. Bu oʻyinni Massachusetes kolledj oʻqituvchisi Uilyam Morgan tomonidan topilgan. 17 / 50 17) 132. Gimnastika sport turi qachondan boshlab, “Olimpiada” oʻyinlari tarkibiga kiritilgan? 1896 yildan beri. 18 / 50 18) 111. Harakat malakasi deganda nimani tushunasiz? Jismoniy harakatlarni, mashqlarni bajara bilish qobiliyati. 19 / 50 19) 92. “Erkin” kurash deganda nimani tushunasiz? Erkin kurash musobaqasida kurashchilar oyoq va tananing belgilangan joylaridan ushlab (ustiboshidan ushlash mumkin emas) kurashishadi. 20 / 50 20) 113. “Tezkorlik” fazilati deganda nimani tushunasiz? Jismoniy harakatlar va jismoniy mashqlarni qisqa vaqt ichida samarali bajara olish qobiliyatidir. 21 / 50 21) 115. Maxsus chidamlilik deganda nimani tushunasiz? Ixtisoslashgan jismoniy harakatlarni bajara olish faoliyatiga nisbatan chidamlilik “maxsus” chidamlilik deyiladi. 22 / 50 22) 97. Voleybolda (qizlar 14 yoshgacha) setkaning balandligi qancha? 2 м10 см. 23 / 50 23) 117. “Egiluvchanlik” deganda nimani tushunasiz? Tayanch harakat apparatini harakatchanligi keng koʻlamda harakatlar bajara olish qobiliyatidir. 24 / 50 24) 125. Xalqaro engil atletika federasiyasi qachon tashkil topgan? Xalqaro engil atletika “Havaskorlar” jamiyati 1912 yili tashkil topgan. 25 / 50 25) 135. Futbol oʻyini qaysi oʻlchamdagi stadionlarda oʻynashga ruxsat beriladi? Futbol oʻynash uchun xalqaro futbol assosiasiyasining qaroriga asosan quyidagi oʻlchamdagi maydonlarda ruxsat berilgan: uzunligi 90 м dan 120m. Lekin koʻpchilik holatlarda stadionlar 105×70 oʻlchamni tashkil etadi. 26 / 50 26) 95. Voleybol sport turi nechanchi yildan beri olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan? Voleybol 1964 yildan beri olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 27 / 50 27) 120. Jismoniy mashqlarni oʻrgatish necha bosqichda kechadi? Uch bosqichda. Birinchisi – dastlabki oʻrganish – jismoniy mashq, harakatlar toʻgʻrisida nazariy tushunchaga ega boʻlish, amalda bajarib koʻrish. Ikkinchi bosqich. Chuqurroq oʻrganish – harakat va mashqni qismlarga boʻlib, soʻng yaxshi oʻrganish. Uchinchi bosqich. Takomillashtirish – mashq va harakatni qiyinchiliklar tugʻdirib bajarish, sherigini va raqibini qarshiligini engib bajarish. 28 / 50 28) 127. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari haqida nima bilasiz? Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport” toʻgʻrisidagi qonunning 3-moddasida aks etib, quyidagilardan iborat: insonparvarlik; demokratizm; fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uygʻunligi. 29 / 50 29) 116. “Chaqqonlik” deganda nimani tushunasiz? Harakatlarni tez va epchil bajaraolish hamda oʻziga qulay vositalardan tezkor foydalana olish qobiliyatidir. 30 / 50 30) 131. Xalqaro gimnastika federasiyasi qachon tashkil topgan? Xalqaro gimnastika federasiyasi 1881 yili tashkil topgan. 31 / 50 31) 91. “Kurash” deb nimaga aytiladi? Kurash deb ikki mard pahlavon yigitning maydondagi bellashuviga aytiladi. 32 / 50 32) 124. Engil atletika sport turi necha turga boʻlinadi? 5 ta turga (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, koʻp kurash). 33 / 50 33) 108. Harakat koʻnikmasi deganda nimani tushunasiz? Jismoniy harakatlarni, mashqlarni oliy darajada avtomatik usulda bajarish qobiliyati. 34 / 50 34) 123. Velotrekdagi velosipedning ogʻirligi qancha? 6 kgni tashkil etadi. 35 / 50 35) 104. Toʻsiqlardan olib yugurishdagi toʻsiqlarni oʻlchami haqida nima bilasiz? Erkaklar uchun toʻsiqlarning balandligi 120 см, uzunasi 70 см yoʻgʻonligi 2 см, ogʻirligi 10 кг. Ayollar uchun toʻsiqning balandligi 84 см. 36 / 50 36) 126. Qisqa masofaga yugurishga qaysi masofalar kiradi? 30, 60, 100, 200, 400 м. 37 / 50 37) 107. Jismoniy tarbiya deganda nimani tushunasiz? Jismoniy tarbiya – organizmning biologik funksiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon boʻlib, uning ta’sirida insonning axloqiy sifatlarini ham shakllantiradi. 38 / 50 38) 94. Xalqaro voleybol federasiyasi qachon tashkil topgan? Xalqaro voleybol federasiyasi (FIVB) 1947 yili tashkil topgan. 39 / 50 39) 134. Xalqaro futbol federasiyasi qachon tashkil topgan? Xalqaro futbol federasiyasi 1904 yili tashkil topgan. 40 / 50 40) 99. 18 yosh va undan yuqori yoshdagilar uchun voleybol setkasining balandligi qancha? 2 м43 см. 41 / 50 41) 114. Chidamlilik nima? Uzoq vaqt jismoniy harakatlarni va jismoniy ishlarni charchamasdan bajara olish qobiliyatidir. 42 / 50 42) 118. Aktiv (faol) egiluvchanlik nima? Tayanch-harakat apparatini muskul kuchi hisobiga namoyon qilish egiluvchanligidir. 43 / 50 43) 87. Boks sport turida nechta guruhda musobaqalar olib boriladi? Toʻrttala guruh orasida olib boriladi. (10-12 yosh), (12-14 yosh), (14-16 yosh), (16-18 yosh), (18 yosh va undan ortiq). 44 / 50 44) 109. Umumrivojlantiruvchi mashqlar deganda nimani tushunasiz? Organizm jismoniy rivojlanishini ta’minlash, jismoniy yuklamalarga tayyorlash va davolash maqsadida qoʻllaniladigan mashqlar. 45 / 50 45) 121. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishda tarbiya tamoyillarini soʻzlab bering. — — Onglilik tamoyili – jismoniy mashq va harakatlarni maqsadi va vazifasini tushunib etgan holda bajarish. —faollik tamoyili – organizmni mashgʻulotlarda etarli darajada jismoniy yuk omili uchun faol shugʻullanishi. —koʻrsatmalilik tamoyili – jismoniy mashq va harakatlarni amalda bajarib, xatolarni tuzatib borish. —koʻrgazmalilik tamoyili – jismoniy mashqlar va harakatlarga oʻrgatishda koʻrgazmali qurollar, video-kino filmlar, maketlar va koʻrgazmali qurollardan foydalanishlar. —bajara bilish tamoyili – jismoniy mashqlar va harakatlarni oʻrganishda oddiydan boshlab, murakkablashtirib borish, oʻrganilgan harakatlarni samarali bajara olingandan soʻng keyingi mashq harakatiga oʻtish. —Alohidalik (individuallashtrish) tamoyili – shaxsiy, jismoniy qobiliyat, jismoniy tayyorgarlik, jins va yosh xususiyatlarini hisobga olib, jismoniy mashq harakatlarini bajarishga oʻrgatish. —Muntazamiylik tamoyili – oʻrganilgan mashq va harakatlarni muskullarda refleks qoldirishini ta’minlash uchun doimiy muntazam shugʻullanish. 46 / 50 46) 102. Uzunlikka sakrash brusogini oʻlchami haqida soʻzlab bering. Uzunlikka sakrash brusogini eni 20 см, uzunligi 122 см. 47 / 50 47) 112. Jismoniy sifatlarni sanab bering. Kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik. 48 / 50 48) 96. Voleybolda (oʻgʻil bolalar 14 yoshgacha) setkaning balandligi qancha? 2 м20 см. 49 / 50 49) 119. Passiv egiluvchanlik deganda nimani tushunasiz? Tashqi ta’sirlar yordamida hosil qilingan egiluvchanlik passiv egiluvchanlik deyiladi. 50 / 50 50) 88. Boksdagi vazn toifalari haqida soʻzlab bering. 10-12 yosh – 32, 34, 36, 38, 40, 42, 44, 46, 48, 51, 54, 57, 60, 63, 66, 69 va 69 dan ogʻir. 12-14 yosh – 42, 45, 48, 51, 54, 57, 60, 63, 66, 69, 72, 75 va 75 dan ogʻir. 14-16 yosh va undan kattalar – 48, 51, 54, 57, 60, 63,5, 67, 71, 75, 81, 91 va undan ortiq. Ваша оценка 0% Qayta boshla Attestatsiya, Jismoniy tarbiya (att)