Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №18 Posted on 13.05.2024 By anvartoshev Комментариев к записи Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №18 нет 0% 8 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №18 Jismoniy Tarbiya fanidan Attestatsiya testlari №18 1 / 50 1) 67. Basketbol maydoni oʻlchamlari haqida. Basketbol maydonining oʻlchami hozirgi davrda boʻyiga 28 м eniga 15 мni tashkil etadi. Shitning boʻyi 1 м05 см, eni esa 1m 80 см. Erdan shgitgacha balandlik 2 м75 см. Basketbol maydonidagi oʻrtadagi doiraning oʻlchami 3 м60 см. Hamma doiralar 3 ta barchasining oʻlchami 3 м 60 smni tashkil etadi. Jarima maydonining uzunligi 5 м80 см. Chiziq asosan shgitning tagidan chiziqdan oʻlchanadi. 2 / 50 2) 79. Beysbol haqida soʻzlab bering. Beysbol – bizning ibora bilan aytganda “Lapta” oʻyini ma’nosini anglatadi. Bu oʻyin 1330 yili Angliyada ma’lum boʻlgan. Bu oʻyin haqida buyuk dramaturg Uilyam Shekspir oʻzining dramalarida gapirib oʻtgan. Bu oʻyin Angliyadan Shimoliy Amerikaga 1839 yili olib kelingan. 3 / 50 3) 74. Maydon oʻlchamlari haqida soʻzlab bering. Amerikancha futbol maydoni uzunasiga 109 м 75sm, eniga 48 м 80 smni tashkil etadi. Darvozabon maydoni uzunasi 9 м 15 smni tashkil etadi. Maydon 20 ta teng boʻlakka boʻlinadi. Darvozaning balandligi 3 м5 см eni 6 м10 см. 4 / 50 4) 39. Boks ringining oʻlchamlari qancha? Boks ringining oʻlchami 4,90sm dan 6m 10sm gacha boʻladi. Izoh agarda oʻlcham 4,90sm boʻlsa ring toʻrt burchak shaklida boʻlib, hamma tomonining oʻlchami 4,90sm dan boʻlishi shart. 5 / 50 5) 80. Maydon oʻlchamlari (Beysbol) haqida nimani bilasiz? Maydon uzunligi 175 м eniga esa 12 м ni tashkil etadi. Beysbol oʻyinida toʻpni uradigan tayoq razmeri 106,70 см tayoqni pastki qismi 6,98 см, toʻp ikki marta teri bilan qoplanadi. Diametri 23 см ogʻirligi 145 грамм. 6 / 50 6) 86. “Boks” sport turida qanday “snaryadlar” ishlatiladi? Boksyorlar qopi, maxsus osma nok, maxsus trenajyorlar himoya maskasi, mashgʻulotlar uchun alohida qoʻlqoplar, haqiqiy boks qoʻlqoplari. 7 / 50 7) 37. «Boks» sport turidan birinchi marotaba boks qoʻl-qopi kiyishib musobaqalashilgan joyni ayting. 1867 yili Angiliyaning London shaxrida boks qoʻlqopi kiyilib, sportchilar boks tushushgan. 8 / 50 8) 53. Gipodenamiya oʻzining ma’nosini ayting? Gipodenamiya degani inson harakatini susayishi demakdir. Olimlar bu masalada eng chopqir hisoblanadigan ikkita quyonda tajriba-sinov oʻtkazganlar. Quyonning har ikkalasini dumiga bir xil ogʻirlik bogʻlab qoʻyilgan. Bir oydan keyin ikkala quyon tekshirilganda ikkovini ham harakat faolligi kamaygan. Yuraklari esa anchagina kattalashgan. Shu sababli maktab oʻquvchilari har kuni hech boʻlmasa bir soat jismoniya tarbiya yoki sport turi bilan shugʻullanishlari lozim. 9 / 50 9) 82. “Boks” qoidasini birinchi boʻlib kim yozgan? “Boks” sport turi qoidasini birinchi boʻlib, markiz “Kunsberri” yozgan. 10 / 50 10) 60. “Badminton” raketkalari haqida soʻzlab bering. “Badminton” raketkalari “tennis” raketkalariga oʻxshash boʻlgani bilan ulardan ancha engil. Ular ogʻirligi 130 грамм. Raketkalar qosqoniga oralari 0,6-0,8 мм boʻlgan maxsus shnurlar tortiladi. 11 / 50 11) 48. Sport velosipedining ogʻirligi qancha? Sport velosipedi ogʻirligi 8-11 kgni tashkil etadi. 12 / 50 12) 78. Oʻyin vaqti qancha? Umuman oʻyin 60 minut “toza” vaqtga oʻynaladi. Oʻyin asosan 4 davrga boʻlinadi. Birinchi davrda 10 minut, 2 davr tugagach 10 minut, 3 davr tugagach 10 minut oʻyinchilar dam oladilar. Oʻyin davomida darvoza chizigʻiga toʻp olib kelish 6 ochko, agar darvozaga kiritilcha 6+2, yana 2 ochko qoʻshib beriladi. 13 / 50 13) 40. Ring arqonining yoʻgʻonligi qancha Ring arqonining yoʻgʻonligi 2,5sm 14 / 50 14) 41. Boks boʻyicha jahon chimpioni necha yilda oʻtkaziladi. Boks boʻyicha jahon chimpionati har toʻrt yilda bir marotaba oʻtkaziladi. 15 / 50 15) 65. Evropa birinchiligi basketbol sport turidan qachondan beri oʻtkazilib kelinmoqda? 1935 yildan beri erkaklar orasida, 1938 yildan beri ayollar orasida. 16 / 50 16) 49. Velotrekda musobaqalar necha kgli velosipedlarda oʻtkaziladi? Velotrekdagi velosipedlar ogʻirligi 6-7 кг. 17 / 50 17) 50. Jismoniya tarbiya va sport yoʻnalishidagi “Distansiya” soʻzining ma’nosi nima? Distansiya degan soʻz lotin tilidan olingan boʻlib, “masofa” degan ma’noni bildiradi. Distansiya dastlabki marradan marragacha boʻlgan masofa. Bu masofa 100 metrdan 42,195 metrgacha boʻladi. Changʻi sport turida esa 3 kmdan 70 kmgacha boʻladi. Otish sport turida esa kichik kalibrli miltigʻ uchun 25, 50, 100 metrni tashkil etadi. Armiyachilardagi katta kalibrli miltigʻ uchun esa 300 м. Kamondan oʻq uzish sportchilari esa 5 ta masofada musobaqalashadilar. 30, 50, 60, 70, 90 м. Bokschilar, qilichbozlar oʻrtasidagi masofa yaqin, oʻrtach, uzoq deb ataladi. 18 / 50 18) 84. “Boks” ringi toʻgʻrisida nima bilasiz? “Boks” ringi maxsus arqonlardan tashkil topgan kvadratni tashkil etadi, unga tortilgan arqonning yoʻgʻonligi 2,5 см ringning oʻlchami 4 м 90 smdan 6 м 10 smgacha. Masalan ring oʻlchami 4 м90 см boʻlsa barcha toʻrttala tomon ham bir xil oʻlchamda boʻladi. Toʻrttala tomondan tortilgan maxsus tortmalar ringdan 50 см uzoqlikda joylashadi. Ringning erdan balandligi 90 см. Birinchi arqon masofasi 40 см, ikkinchi arqongacha 40 см, uchinchi arqongacha 50 см. Jami 130 см. 19 / 50 19) 76. Amerikancha futbol ishtirokchisi kiyimi qanday? Ularning kiyimi “Muz ustida xokkey”oʻyinchisining kiyimidan iborat. Faqat oyoqlarida konkining oʻrniga boshqa oyoq kiyimi kiyiladi. 20 / 50 20) 45. Kurashchining kiyimi haqida nima bilasiz? Kurashchining kiyimi kurashchilar trikosidan iborat ya’ni oyogʻida yumshoqtapochka (barsovka) hamda kalta mayka-trusikdan iborat. (mayka – trusik birgalikda tikiladi). Undan tashqari kurashchida roʻmolcha xam boʻlishi kerak. 21 / 50 21) 55. “Texnika” soʻzining ma’nosi nima? Texnika soʻzi yunoncha “Texnius” soʻzidan olingan boʻlib, “Mahorat va san’at” degan ma’noni bildiradi. 22 / 50 22) 54. Sportchi toshlar haqida nimani bilasiz? Toshlar bir necha avlodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan alp yigitlar koʻtaradigan ogʻirlik hisoblanadi. Toshlar asosan 3 xil boʻladi. Masalan 16 кг, 24 кг, 32 кг. Hozirgi zamon toshlari metall quyish ustaxonalarida qoliplarga quyiladigan – sharsimon, ushlaydigan qoʻlini qalinligi 35 мм, ogʻirligi 16, 32, 24 кгni tashkil etadi. Koʻpchilik sportchilar elka va qoʻl, bel muskullarini rivojlantirishlari uchun tosh koʻtarish bilan shugʻullanadilar. Tosh koʻtarishda ikki xil usulda musobaqalar oʻtkaziladi. Dast koʻtarish hamda siltab koʻtarishdan, tosh koʻtirsh sport bilan bollar 14 yoshdan boshlab shugʻullansalar maqsadga muvofiq hisoblanadi. 23 / 50 23) 38. Boks sport turi qachondan boshlab olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan? Boks sport turi 1904 yildan boshlab. Amerika qoʻshma shtatlarining Sent-Luis shahrida oʻtkazilgan uchunchi olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 24 / 50 24) 52. Sport zallarining oʻlchamlari qanday boʻladi? Uzunasi 42 м, eni 24 м, balandligi 8 м yoki 6 м.24 м, eni 12 м balandligi 6м, undan tashqari sport zalida echinish, ustozlar va medisina hamshiralari uchun aloxida xona hamda choʻmilishi xonalari (dushxona) boʻladi. 25 / 50 25) 61. Basketbol oʻyini haqida nima bilasiz? Basketbol degan soʻzning ma’nosi basket – savat, bol – toʻp degan ma’noni bildiradi. 26 / 50 26) 51. Sport zali deb nimaga aytiladi? Sport zali deb – usti berk, yorugʻ va atroflariga tegishli toʻsiqlar bilan toʻsilgan faqat yogʻoch pollardan iborat boʻlgan usti berk binoga aytiladi. 27 / 50 27) 66. Basketbol sport turi qachondan beri Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1936 yildan beri (erkaklar) basketbol sport turi olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan. 1976 yildan boshlab “Ayollar” ham olimpiada oʻyinlarida ushbu turdan musobaqalasha boshlashdi. 28 / 50 28) 81. “Boks” sport turi haqida soʻzlab bering. Mesopotamiyada qazish ishlari amalga oshirilganda eramizdan 4800 yil oldin ham ushbu sport turi bilan shugʻullanganliklari — topilgan maxsus sopol suvenirda aks etgan. Afsonaviy shoir (qadimga Gresiya) Gomer ham oʻzining “Iliada” dostonida “Erkaklar”ning bir-birlari bilan mushtlashayotganliklari, musobaqalar haqida bayon etgan. Oʻtmishdagi rasmlar va kitoblarda yozishlaricha bu ikki kishi oʻrtasidagi musobaqa ertalabdan toki qaysi biri ikkinchisini engmaguncha davom etgan. Eramizdan oldingi 688 yili oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlari dasturiga ham “boks” sport turi kiritilganligi haqida tarixiy manbalarda yozilgan. Lekin “boks” sport turining vatani “Angliya” hisoblanadi. 29 / 50 29) 62. “Basketbol” oʻyinining vatani … Basketbol oʻyini bundan 1000 yillar oldin tashkil etilgan, bu oʻyinni janubiy Amerikada Florida shtati aholisi oʻynagan boʻlib, uni doktor Jeyms Neysmit sistemaga solib, oʻyin qoidalarini ishlab chiqqan hamda bu qoidalar 1894 yili nashr etilgan. basketbol vatani Amerika. 30 / 50 30) 59. “Volan” haqida nimani bilasiz? Badminton oʻyinini berk xonada oʻynash uchun 4,7g dan 5,5 г ogʻirlikdagi “volan” ishlatiladi. Volanning atrofidagi patlar 14 donadan 16 donagacha boʻladi. Haqiqiy oʻyin uchun raketkadan otilgan volan 13 м gacha uchib berishi lozim. 31 / 50 31) 46. Birinchi boʻlib Velosportdan musobaqa qaysi mamalkatda oʻtkazilgan? Velosiped paydo boʻlgandan keyin bu sport turidan turistik maqsadalarda foydalana boshlashgan. Velosportning rivojlanishi eng avvalo Angliyada boshlangan. Dastlabki velopoygalar Angliya va Fransida paydo boʻlgan. 1869 yili ingliz Mur Parij — Ruan oraligʻidagi 120km masofada poygada qatnashib, gʻolib boʻlgan. 32 / 50 32) 58. “Badminton” sportturi uchun maydon oʻlchamlari haqida nimani bilasiz? Badminton sport oʻyini uchun maydon toʻrtburchak shaklida boʻlib, uzunasiga ikki kishili 13 м40 см eni 6 м 10 smni tashkil etadi. Bir kishilik oʻyinlar uchun esa uzunasi 13 м40 см eni 5 м 18smni tashkil etadi. Sport maydonlariga chiziladigan chiziqlarning oʻlcham 3,8 smdan oshmasligi kerak. Musobaqalarni oʻtkazish uchun “badminton” maydoni 2 га boʻlinib, zangori setka bilan maydon qoq oʻrtasidan boʻlinadi. Setkaning oraligʻidagi teshiklar 2 smni tashkil etadi. Setkaning uzunligi 6 м10 см, eni 76 см, setkaning erdan balandligi 1 м 52.4 smni tashkil etadi. Umuman setka 1 м 55 smli balandlikka oʻrnatiladi. 33 / 50 33) 56. Avia sport turlari haqida nima bilasiz? Avia sport turlaridan – samolyot sporti, planerli sport, parashyut sporti hamda aviamodel sporti. Xalqaro Aviasiya sporti (HAS) 1905 yilda tashkil topgan. HAS 1948 yildan beri planerli sportdan va boshqa turlaridan har ikki yilda bir marta jahon birinchiliklarini oʻtkazib kelmoqda. 34 / 50 34) 70. Basketbol toʻpining oʻlchami haqida nima bilasiz? Aylanasi 75-78 см, ogʻirligi 600-650 грамм. 35 / 50 35) 75. Amerikancha futbolning toʻpini ogʻirligi qancha? Toʻp ozgina qovunsimon boʻlib, ogʻirligi 396 г dan 424 г gacha. Diametri uzunasiga 71,16 smdan 72,43 smgacha, koʻndalangiga esa 56,40 smdan 56,57 см. 36 / 50 36) 72. Amerikacha futbol haqida nima bilasiz? Amerikacha futbol qattiq xarakter jihatidan regbi oʻyiniga oʻxshab ketadi. Xuddi beysbol sport turi kabi Amerikaning milliy oʻyinlari jumlasiga kiradi. “Amerikacha futbol” oʻyinida kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik sifatlari rivojlanadi. Bu oʻyinda ixtiyorsiz ravishda qoʻpollik ishlatilganligi sababli oʻyinchilar qattiq shikastlanishlari tabiiy holdir. 37 / 50 37) 73. Amerikancha futbolning tarixi… Amerikaliklar bu oʻyinni 1874 yildan boshlab oʻynay boshlaganlar. 1880 yilga kelib, Amerikancha futbolning qoidalari ishlab chiqildi. 38 / 50 38) 83.C: Boks sport turidan musobaqalar qaerda oʻtkaziladi? Boks sport turidan musobaqalar asosan usti berk binolarda maxsus ringlarda oʻtkaziladi. 39 / 50 39) 44. Kurash toʻshagining oʻlchami qancha? Kurash toʻshagi oʻlchami 9×9 m iboratdir. 40 / 50 40) 71. Basketbolchining tashqi qiyofasi haqida. Basketbolchida asosan trusik, maxsus futbolka, tizzalarida maxsus himoya moslamalari, yumshoq oyoq kiyim. Futbolkalarning oldida nomerlar hamda ort tomonda kabi nomerlar boʻlishi lozim. Asosan basketbolda koʻkrak nomerlari 4 dan boshlanadi. 41 / 50 41) 77. Oʻyin ishtirokchilari va oʻyinning vaqti haqida? Asosan maydonda 11 oʻyinchi ishtirokida oʻyin boshlanadi. Zahira oʻyinchilari esa xohlagancha. 42 / 50 42) 43. Kurashning yunon-rum turi qachondan boshlab zamonaviy olimpiada oʻyinlari tarkibiga kiritilgan. Kurashning yunon –rum turi zamonaviy olimpiada oʻyinlari tarkibiga 1896 yili kiritilgan. 43 / 50 43) 68. Basketbol shitining maydondagi oʻlchami qancha? Shit chizilgan basketbol maydonidagi chiziqdan oldinga 1m 20 см chiqqan boʻlishi shart. 44 / 50 44) 69. Basketbol (metall) xalqaning diametri qancha? Metall xalqaning diametri 45 см. Unga ilinadigan toʻrini uzunligi 40 smni tashkil etadi. 45 / 50 45) 63. Evropaga basketbol qachon kirib kelgan? Bastkebol Evropaga 1920 yillardan keyin kirib kela boshladi. 1930 yillarga kelib, butun dunyo bastketbol oʻynay boshladi. 46 / 50 46) 85. “Boksyor”lar kiyimi haqida nima bilasiz? Ularning kiyimi mayka, trusik hamda ustidan maxsus moslama kiyiladi. Ularning ogʻzida “tishlari” ham boʻladi. 47 / 50 47) 57. Badminton sport turi federasiyasi qachon va qaerda tashkil topgan? Badminton sport turi federasiyasi 1934 yili London shahrida tashkil etilgan. 48 / 50 48) 42. Butun jahon kurash federasiyasiqachon tashkil topgan? butun jahon kurash federasiyasi (erkin va yunon rum kurash) 1914 yili tashkil topgan. 49 / 50 49) 64. Xalqaro basketbol federasiyasi qachon tashkil topgan? Xalqaro basketbol federasiyasi 1932 yili tashkil topgan. Basketboldan jahon chempionati har 4 yilda bir marta oʻtkaziladi. Jahon birinchiliklari erkaklar 1950 yildan beri, ayollar basketbol musobaqalari esa 1953 yildan beri oʻtkaziladi. 50 / 50 50) 47. Velosport (shosse) qachondan boshlab, olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan? Velosport 1896 yili Afinada oʻtkazilgan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilib, unda bor-yoʻgʻi 10 ta ishtirokchi 100 kmga musobaqalashishgan. Ulardan atiga 2 kishigina finishga etib kelgan xolos. Ваша оценка 0% Qayta boshla Attestatsiya, Jismoniy tarbiya (att)