Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №15 Posted on 13.05.2024 By anvartoshev Комментариев к записи Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №15 нет 0% 9 1234567891011121314151617181920212223242526272829303132333435363738394041424344454647484950 Jismoniy Tarbiya Attestatsiya №15 Jismoniy Tarbiya fanidan Attestatsiya testlari №15 1 / 50 1) 192. Oʻyin vaqti qancha? Oʻyin vaqti (16 yoshdan yuqori) 2 taym 45 minutdan 90 minut. 2 / 50 2) 218. Birinchi marotaba xokkey oʻyini qachon qayd qilingan? 1895 yili Nyu-York shahrida oʻtkazilgan. 3 / 50 3) 219. Professionallar orasida xokkey oʻyini qanchondan boshlab oʻtkazilgan? Professional xokkey Kanadada 1908 yildan beri oʻtkaziladi. 4 / 50 4) 207. “Chim ustida xokkey” oʻyini haqida qanday tasavvurga egasiz? Bu oʻyin asosan maxsus “xokkey” tayoqchalarida oʻynaladigan oʻyinlar jumlasiga kiradi. Asosan bu oʻyin maxsus belgilangan chim bostirilgan va maxsus tayyorlangan maydonlarda oʻtkaziladi. Oʻyinning maqsadi – oʻz darvozasidan kamroq toʻp oʻtkazib, raqib darvozasiga koʻproq gol urishdan iboratdir. 5 / 50 5) 190. Futbol komandasi tarkibi nechta? 11 ta. 6 / 50 6) 200. Futbol oʻyinidagi hakamlar soni nechta? Futbol oʻyinidagi hakamlar soni 3 nafar, bulardan 1 nafari maydondagi bosh hakam 2 nafari qanot hakamlari. 7 / 50 7) 198. “Oʻn bir” metrlik jarima qaysi holatlarda belgilanadi? Jarima maydonida (16,5×33) qoʻl bilan ongli ravishda oʻynalsa, yoki jarima maydoni ichida qoida qoʻpol ravishda buzilsa, 11 metrlik jarima tepilayotganda maydonda faqat darvozabon, oʻyinchi boʻladi. Qolgan oʻyinchilar jarima maydonining belgilangan joyida turiladi. 8 / 50 8) 237. Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim toʻgʻrisidagi qonun qachon qabul qilingan? 1997 yili 29 avgust. 9 / 50 9) 231. Jismoniy tarbiya va sport inshootlari xususiy mulk boʻlishi mumkinmi? Jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish hamda sport inshootlari xususiy mulk boʻlishi mumkin. 10 / 50 10) 222. Shaybaning ogʻirligi qancha? Shaybaning ogʻirligi 156 gr.dan 170 gr.gacha. eni 2,54 smdan 7,62smgacha. Xokkey 20 minutdan 3 taym oʻynaladi. 11 / 50 11) 234. Xalqaro voleybol federasiyasi qachon tashkil topgan? 1945 yili. 12 / 50 12) 220. Shaybali xokkey oʻyini qachondan boshlab, Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan? 1972 yilgi qishki Olimpiada oʻyinlari tarkibiga kiritilgan. 13 / 50 13) 203. 1-4-2-4 sistemasi deganda nimani tushunasiz? Bunda 4 ta himoyachi 2 ta yarim himoyachi, 4 ta hujumchi. Hujum paytida 2 ta yarim himoyachi hujumchilarga hamda himoyachilarga yordamberadi. Demak, hujum va himoyada bir vaqtni oʻzida 6 ta futbolchi ishtirok etadi. 14 / 50 14) 233. Jismoniy tarbiyada harakat faoliyatining sinfdan tashqari shakllari qanday boʻladi? Sport seksiyalari, toʻgaraklar, oʻquvchilar qiziqishlariga qarab ochilgan toʻgaraklar. 15 / 50 15) 201. Futbol oʻyini texnikasi haqida nimani bilasiz? Futbol oʻyinidagi futbolchining texnikasi ikki xil boʻladi. Toʻpsiz hamda toʻp bilan harakatlanish. Masalan, toʻpsiz – harakatlanishga oʻyinchining har xil holatda yugurish, chalgʻituvchi harakatlar. Toʻpsiz himoyalanish usullari. Toʻp bilan chiroyli muomala. Toʻpni tepish mahorati, bosh bilan oʻynash, toʻpni raqibdan chiroyli olib qoʻyish, toʻpni aniq toʻxtata bilish mahorati. 16 / 50 16) 187. Futbol toʻpining diametri 68-71 см, ogʻirligi 396 г453 г gacha. Sportcha trusik, gedra, futbol butsisi, shit, bandaj. Darvozabonning kiyimi boshqa rangda boʻladi. 17 / 50 17) 227. Shahmat oʻyinida vaqt chegaralanganmi? Vaqt albatta chegaralangan boʻladi. Xalqaro shahmat federasiyasining qaroriga asosan har bir shahmatchi 2,5 soat ichida kamida 40 marta figurani siljitgan boʻlishi lozim. 18 / 50 18) 212. “Chim ustida xokkey” oʻyinchisining sportcha kiyim-boshi qanday boʻladi? Erkaklarga mayka, futbolka, trusiklarda oʻynashga ruxsat beriladi. Ayollar esa futbolka hamda kalta yubkalarda ruxsat beriladi. Oyoqlariga yumshoq ketalar kiyiladi. 19 / 50 19) 206. “Qilichbozlik” sport turidan “rapira” MPaga “qilich”ni oʻlchami qancha? Rapira uzunligi 110 см, zarba berish temiri 90 см. Sopi 12sm, ogʻirligi 500 gr. qilichning ogʻirligi 770 г, uzunligi 110 см, zarba berish temirining uzunligi 90 см, sopi 13,5 см. “Qilich”ning umumiy ogʻirligi 500 gr, uzunligi 105 см, zarba berish temir uzunligi 88 см. Sopi 15 см. 20 / 50 20) 224. Butun jahon shahmat federasiyasi qachon tashkil topgan? Butun jahon shahmat federasiyasi 1924 yili tashkil topgan. 21 / 50 21) 221. Shaybali xokkey maydoni – uning oʻlchamlari haqida soʻzlab bering. Maydon 30×60 m, atrofdagi bort balandligi 1 м22 см. Darvoza balandligi 1 м22 см. Eni 1 м83 см. Chuqurligi 1 м. 22 / 50 22) 226. Shahmat doskasidan oʻlchami haqida nima bilasiz? Shahmat doskasining oʻlchami 46×46 sm kvadrat, u 64 ta katakka boʻlingan. Kataklarning 32 tasi oq 32 tasi qora. 23 / 50 23) 189. Futbol oʻyini asosiy qoidalari nechta? 17 ta asosiy qoidasi bor. 24 / 50 24) 217. Shaybali xokkey oʻyinining vatani qaysi mamlakat hisoblanadi? Shaybali xokkey oʻyinining Vatani Kanada hisoblanadi. Kanadaning Antario oʻlkasida 1830 yildan boshlab, xokkey oʻynay boshlashgan. 25 / 50 25) 194. “Qoʻl bilan oʻynash” (futbolda) qoidasi? Futbolda qoʻl bilan oʻynash mumkin emas. Organizmning har qanday qismi bilan oʻynalsa boʻladi. Jarima maydonida qoʻl bilan ongli ravishda oʻynalsa 11 metrlik jarima toʻpi belgilanadi. 26 / 50 26) 205. “Qilichbozlik” sporti haqida soʻzlab bering. Bu sovuq qurollardan biri hisoblanib, sportchidan epchillik, chidamlilik, bir qarorga kelish sifatlarini rivojlantiradi. 27 / 50 27) 214. Chim ustida xokkey oʻyini uchun vaqt qancha? Kattalar 2 taym 35 minutdan oʻynaladi. Oʻsmirlar 2 taym 30 minutdan bolalar esa 25 minutdan 50 minut (2 taym). 28 / 50 28) 208. “Chim” ustida xokkey sport oʻyinlari uchun maydon oʻlchami qancha? Uzunligi 91 м eni 50-55m. Darvozaning balandligi 2 м14 см, eni 3 м66 см. Jarima maydoni 14 м63 см.maydon 22,9 smdan toʻrtburchak shaklida boʻlingan. Maydondagi chiziqlar eni 7,5 см. 29 / 50 29) 232. Oʻzbekistonda professional sport bilan shugʻullanishlari mumkinmi? Professional sport bilan sport murabbiyi yoki hakam sifatida shugʻullanishlari mumkin. 30 / 50 30) 230. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya qanday amalga oshiriladi? Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim majburiy qismi boʻlib, davlat ta’lim standartlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. 31 / 50 31) 199. “Oʻyindan tashqari holat” deganda nimani tushunasiz? Hujum paytida hujumchi himoyachilar bilan bitta chiziqda turgan holda toʻpni qabul qilib olsa oʻyindan tashqari holat inobatga olinadi hamda qarama-qarshi tomonga qarab, “erkin toʻp” belgilanadi. 32 / 50 32) 191. Xalqaro qoidalariga asosan maxsus uchrashuvlarda nechta oʻyincha almashtirish mumkin? 3 ta. 33 / 50 33) 228. Oʻzbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlari haqida nima bilasiz? Oʻzbekiston fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, jismoniy tarbiya va sport bilan teng shugʻullanish huquqiga ega. 34 / 50 34) 223. Xokkey klyushkalarining ogʻirligi hamda darvozabon tayoqchasi haqida ma’lumot bering. Xokkey klyushkalarining uzunligi 35 smdan oshmasligi kerak, ilmogʻining uzunligi 37 см eni 7,5 см darvozabon tayoqchasi ilmogʻi yoʻgʻonligi 90 см, balandligi 61 см. 35 / 50 35) 213. “Chim ustida xokkey” oʻyini tarkibi qanday? 1 ta darvozabon 2 ta himoyachi, 3 ta yarim himoyachi, 5 ta hujumchi. 2 ta zahira oʻyinchisidan iborat, jami maydonda 11 ta. 36 / 50 36) 204. “Otish” sport turidan qanday tushunchaga egasiz? — Bu pnevmatik hamda oʻq otish qurollaridan devorga oʻq otish turidan iboratdir. Oʻq otish sportida sportchilar nishonga otishdan iboratdir. Musobaqalar quyidagi oʻq otar qurollarda oʻtkaziladi. Masalan, “kichik kalibrli” tez otar pistolet – ogʻirlig 1260 г, 5,6 мм kalibrli, uzunligi 300 мм, balandligi 50 мм. —Kichik kalibrli oʻq otish miltigʻi – ogʻirligi 8 кг qoʻndoq uzunligi 20 см, bunda alohida “nishonga olish” asbobidan foydalanish mumkin emas. —“Devorga otish” ya’ni devordan nishonni otish uchun 2 stvolli yoki 1 stvolli avtomatik ravishda oʻqlanadigan miltiqdan otiladi. —Harakatdagi nishonni otish uzun 5,6 мм kalibrli, ogʻirligi 4,9 yoki 5 кг gacha oʻq otish quroliga ruxsat beriladi. Bu otishda maxsus optik asbobdan foydalanishga ijozat beriladi. —Pnevmatik miltiqdan otish – kalibri 4,5 мм ogʻirligi 5 кг – undan tashqari pnevmatik pistolet ogʻirligi 4,5 кг uzunligi 420 мм balandligi 200 мм eni 50 м li. Maxsus optik asbobdan foydalanishga ruxsat borilmaydi. —Kichik kalibrli “standart” miltiq – kichik kalibrli standart miltiqning kalibri 5,6 мм ogʻirligi 5 кг. —Erkin tanlanadigan miltiq – bu katta kalibrli 8 мм ozi. Hozirda 6,5mm, ogʻirligi 8 кг. —Standart miltiq (oldingi armiyachilar miltigʻi) u oldingi miltiqlardan kalibrini kattaligi jihatdan farq qiladi (8 мм), ogʻirligi 4,7 кг. —Kichik kalibrli standart pistolet – uning kalibri 5,6 мм, ogʻirligi 1,4 кг, stvol uzunligi 153 мм. —Otish joyi (strelbishe) odamlar va hayvonlar hayotiga xavf soladigan boʻlmaydigan erkin zonada yoki er ostida boʻlishi lozim. Eni 50 м yoki 25 м. —Kichik kalibrli miltiq – bunday miltiqlardan otish musobaqasi maxsus tirlarda oʻtkaziladi. Oʻq otish joyidan nishongacha masofa 50 м. —Pistoletdan otish musobaqalari 50 hamda 25 metrlik tirlarda oʻtkaziladi. 37 / 50 37) 236. Dunyoda birinchi boʻlib, sport madhiyasi kim tomonidan yozilgan va ijro etilgan? Sport madhiyasi birinchi boʻlib, dunyoda Olimpiya oʻyinlari tashabbuskori Per De Kuberten tomonidan yaratilgan. Bu madhiya 1912 yili Shvesiyada oʻtkazilgan.Per De Kuberten ushbu madxiya uchun oltin medal bilan mukofotlangan. 38 / 50 38) 197. “Erkin” toʻp tepish hamda jarima toʻpi haqida aytib bering? Xalqaro qoidalarga asosan toʻp tepishni ikki xil usuli bor. Birinchi usul “erkin” toʻp tepish usuli. Erkin toʻp tepish oʻylab oʻylamay qilingan qoida buzilishlar uchun belgilanadi. Jarima toʻpi esa qoidani qoʻpol ravishda buzgan holda qoʻli bilan toʻpni oʻynagan raqib komandasi tomonga beriladi. “Erkin” toʻp bilan jarima toʻpini farqi shundan iboratki, “erkin toʻp” tepganda toʻpni sherikka tashlab beriladi. Jarima toʻpi esa toʻgʻridan-toʻgʻri darvozaga tepsa boʻladi. Erkin toʻp va jarima toʻpi tepilganda oʻyinchilar9 m 15 см uzoqlikda turishi lozim. 39 / 50 39) 225. Shahmat boʻyicha jahon chempionati qachondan boshlab oʻtkaziladi? 1886 yildan beri. 40 / 50 40) 211. Xokkey tayoqchalarining oʻlchami qancha? Xokkey tayoqchalari ogʻirligi 340 gr. dan 794 gr.gacha. Uzunligi oʻyinchi tayoqni oʻziga moslab olishi mumkin. Yoki 85-90 см ni tashkil etishi mumkin. Klyushka toʻpi yongʻoq va akasiya daraxtidan tayyorlanadi. Klyushkaning oldi tomoni sal egilgan boʻlib, uzunligi 5 см08 см. Klyushkalarning eng yaxshisi xind klyushkalari hisoblanadi. 41 / 50 41) 210. Chim ustida xokkey toʻpining ogʻirligi va diametri qancha? Toʻpning aylanasi 7,4 smdan oshmasligi kerak. Ogʻirligi 156 г dan 163 grgacha toʻp asosan hayvon terisidan ishlanib, oq rangda boʻladi. 42 / 50 42) 195. Qaysi holatlarda toʻp tashqaridan maydonga kiritladi? Agar raqib komandasi oʻyinchisi toʻpni chiziqdan (yonboshdagi) tashqariga chiqarib yuborsa boshqa komanda oʻyinchisi toʻpni boshdan oshirib, maydonga qaragan holda, chiziqlarni bosmasdan oʻyinga kiritadi. 43 / 50 43) 209. “Chim ustida xokkey” oʻyini maydondagi bayroqlarning oʻlchami qancha? Toʻrttala burchakda toʻrtta bayroq oʻrnatiladi. Balandligi 120 см. Undan tashqari har bir toʻrt burchakka bittadan 6 ta bayroq oʻrnatiladi. 44 / 50 44) 216. Shaybali xokkey oʻyinida jamoalar soni qancha? Shaybali xokkey oʻyinida har bir jamoada 6 nafardan oʻyinchi maydonda oʻynaydi. Oʻyinning asosiy maqsadi belgilangan vaqt mobaynida raqib darvozaga koʻproq toʻp kiritishdan iboratdir. 45 / 50 45) 202. Futbolda “Dubl-Ve” sistemasi deganda nimani tushunasiz? “Dubl-Ve” sistemasi deganda 3 himoyachi 2 ta yarim himoyachi 5 ta hujumchi tushuniladi. 46 / 50 46) 235. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi qachon tashkil topgan? Olimpiya harakataining oliy rahbar organi 1894 yil 23 iyunda fransuz jamoat arbobi Per De Kuberten tashabbusi bilan tashkil qilindi. XOQ tarkibiga 12 ta davlatdan Angliya, Argentina, Belgiya, Vengriya, Yunoniston, Italiya, Yangi Zelandiya, Rossiya, AQSh, Fransiya, Shvesiyadan 14 ta vakil ishtirok etgan. 47 / 50 47) 193. Boshqa yoshdagi oʻyinchilarning futbol oʻynash vaqtlari qancha? Oʻsmir yoshdagilarning oʻyin vaqti: —14-15 yoshliklar 2×40. —12-13 yoshliklar 2×35. —10-11 yoshliklar 2×30. – 8-10 yoshliklar 2×25 faqat kichik maydonlarda oʻynaydilar. 48 / 50 48) 196. Burchak toʻpi va darvozabon tepadigan toʻp. Agarda darvozaga hujum qilinayotganda toʻp raqib oʻyinchisidan tashqariga chiqsa darvozabon yoki himoyachi darvozabon chizigʻidan toʻpni oʻyinga kiritadi. Agarda hujumchi yoki himoyachi toʻp bilan raqib komandasi maydoniga hujum qilsayu toʻp himoyalanayotgan komandadan darvoza chizigʻini, yoki darvoza tepasidan oʻtib ketsa “burchak” toʻpi belgilanadi. 49 / 50 49) 215. Shaybali xokkey haqida nima bilasiz? Shaybali xokkey asosan muz ustida tez oʻynaladigan oʻyinlar jumlasiga kiradi. 50 / 50 50) 229. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat? Insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi, jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uygʻunligi. Ваша оценка 0% Qayta boshla Attestatsiya, Jismoniy tarbiya (att)