Fizika fanidan Attestatsiya savollari-13 Posted on 24.04.2024 By anvartoshev Комментариев к записи Fizika fanidan Attestatsiya savollari-13 нет 0% 22 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Fizika Fizika fanidan Attestatsiya savollari-13 Fizika fanidan Attestatsiya savollari-13 1 / 40 Категория: att fizika 13 1) Ma’lumotlarga ko'ra, inson axborotning 70% – 90% ini ko'rish orqali qabul qiladi. Ammo ba’zan, ko'z oldimizda goh ko'payib, goh kamayib turadigan kichik nuqtalar paydo bo'ladi. Bu qanday fizik hodisa? Difraksiya Dispersiya Fotopsiya Interferensiya 2 / 40 Категория: att fizika 13 2) Yosh Faraday o'z kundaligiga bir vazifani qayd etib qo‘ydi. Shundan so'ng, u har doim magnit va simni cho'ntagida olib yurdi, chunki bu unga maqsadini doimiy yodda saqlashiga va o‘zining yangi g‘oyasini tekshirishi uchun zarur edi. U kundalikka qanday vazifani yozgan? Temirni magnitga aylantirish Magnitni temirga aylantirish Magnetizmni elektrga aylantirish Elektrni magnetizmga aylantirish 3 / 40 Категория: att fizika 13 3) Idishdagi sutni birini xonaga, ikkinchisini muzlatgichga qo’yildi. Qaysini qaymog’i tez qotadi? Xonadagi Bir xil Muzlatgichdagi TJY 4 / 40 Категория: att fizika 13 4) 20 m balandlikdan pastga 10m/s tezlik bilan otilgan jism yerga urilib qaytganda tezligi 10 foizga kamaygan holda qancha balandlikka ko’tariladi (m)? 85 81/4 200 10 5 / 40 Категория: att fizika 13 5) Quyoshni gorizont bilan orasidagi burchagi 30º bo’lsa 5 metrli daraxtning soyasi necha metr bo’ladi? 8,65 30 150 5 6 / 40 Категория: att fizika 13 6) 30 cm uzunlikdagi chizg‘ich stol ustida tik ushlab turilganda, uning soyasi uzunligi 20 cm bo‘ladi. Agar chiroq turgan nuqtadan stolga tushirilgan perpendikulyar asosidan chizg‘ich asosigacha masofa 80 cm bo‘lsa, chiroqning stol sirtidan balandligi qanday (cm)? 100 150 50 110 7 / 40 Категория: att fizika 13 7) Havo shari nega vodorod va geliy bilan to’ldiriladi? Havodan og’irligi uchun Xavfsizligi uchun Havodan yengilligi uchun TJY 8 / 40 Категория: att fizika 13 8) Qutb yog‘dusi – Shimoliy va Janubiy geografik qutblarda atmosferaning yuqori qatlamida ro‘y beradigan yorqin tabiat hodisasidir. Qutb yog‘dusi Yer magnit maydoni tufayli yuzaga keladi. Shimol yog‘dusi ro‘y berganda Yerning magnit maydoni nimalar bilan o'zaro ta'sirlashadi? Quyoshdagi kosmik nurlar (zaryadli zarralar) bilan Quyoshdagi ko’zga ko’rinadigan nurlar bilan Quyoshdagi infraqizil nurlar bilan Quyoshdagi ultrabinafsha nurlar bilan 9 / 40 Категория: att fizika 13 9) Nima uchun qo’limizdagi g’ishtni bolg’a bilan ursak qattiq og’riq sezmaymiz? Bolg’a yuzasi kam, bosim ko’p G’isht yuzasi kichik, bosim ko’p Aks ta’sir kuchi kam G’isht yuzasi katta, bosim kam 10 / 40 Категория: att fizika 13 10) Agar siz projektor nuriga yon tomondan qarasangiz, u egri ko'rinadi. Haqiqatan ham shundaymi? Yorug’likni yutilishi, aslida to’g’ri chiziq Yorug’likni sinishi, aslida to’g’ri chiziq TJY Yorug’likni qaytishi, sarob 11 / 40 Категория: att fizika 13 11) Shishirilgan pufak issiq xonadan sovuqqa chiqarilganda nima uchun “kichrayadi”? Ichidagi bosim kamayadi Ichidagi bosim ortadi Tashqi bosim ortadi Ichidagi havo chiqib ketadi 12 / 40 Категория: att fizika 13 12) Gorizontal tekislikda tinch turgan jismga nechta kuch ta’sir qiladi? 4 2 1 3 13 / 40 Категория: att fizika 13 13) Sarob qanday hosil bo’ladi? To’la qaytish tufayli Atmosferani pastki qatlamlarida havo zichligi (harorati) ni notekis taqsimlanishi natijasida Atmosferani yuqori qatlamlarida havo zichligi (harorati) ni notekis taqsimlanishi natijasida Odamni charchashi natijasida 14 / 40 Категория: att fizika 13 14) Shiftga osilgan metall sterjen sovutilsa, uning potensial energiyasi qanday o‘zgaradi? O’zgarmaydi Kamayadi A yoki B Ortadi 15 / 40 Категория: att fizika 13 15) Qiya tekislikda tinch turgan jismga nechta kuch tasir qiladi? 3 4 2 1 16 / 40 Категория: att fizika 13 16) Avtomobillarda orqa tomonni kuzatishda qaysi ko’zgular ishlatiladi? A va C Qavariq Botiq Yassi 17 / 40 Категория: att fizika 13 17) H balandlikdan to'pponchadan o’q bir xil tezlikda 1)tik yuqoriga,2)gorizontal,3)tik pastga qarab o'q uzildi.qaysi holda o'qning yerga tushish tezligi eng katta bo'ladi? 2 1 Hammasida 1 xil 3 18 / 40 Категория: att fizika 13 18) Ikki tomoni qavariq va sirtlarining egrilik radiuslari bir xil R1=R2=50 sm va sindirish korsatkichi 1,5 bolgan shishadan yasalgan yiguvchi linzaning optik kuchi qanday (dptr)? 4 2 0,5 1 19 / 40 Категория: att fizika 13 19) Qirg’oqda turib qayiqni turtsak, qayiq harakatga keladi. Nima uchun qayiqda turib uni turtsak u harakatga kelmaydi? Ikkala holda ham harakatlanmaydi Chunki 2-holda qayiqqa qo’yilgan kuchlar o’zaro teng va qarama-qarshi. 1-holda esa kuchlardan biri qirg’oqqa, ikkinchisi qayiqqa qo’yilgan Ikkala holdayam harakatlanadi Chunki 1-holda qayiqqa qo’yilgan kuchlar o’zaro teng va qarama-qarshi. 2-holda esa kuchlardan biri qirg’oqqa, ikkinchisi qayiqqa qo’yilgan 20 / 40 Категория: att fizika 13 20) Simobda issiqlik qaysi usulda uzatiladi? Issiqlik o’tkazuvchanlik Konveksiya Nurlanish A va B 21 / 40 Категория: att fizika 13 21) Aktiv qarshilikda fazalar farqi nimaga teng? 180º 360º 90º 0 22 / 40 Категория: att fizika 13 22) A stansiyadan birinchi poyezd yozda issiqda, B stansiyadan ikkinchi poyezd qishda yo’lga chiqdi. Ikkala holda poyezdni bosib o’tgan yo’llari bir xilmi? Poyezdlar bir xil relslarda yurmoqda. 1-poyezd yo’li ko’p Havo namligiga bog’liq 2-poyezd yo’li ko’p Bir xil 23 / 40 Категория: att fizika 13 23) O‘lchov asbobi 100ml ±5% aniqlikda o‘lchaydi. Moy zichligi 900 kg/m3 bo‘lsa massasini toping (g). 89,955÷90,045 83÷93 90÷100 90÷95 24 / 40 Категория: att fizika 13 24) Fazoning to’lqinlar g’alayoni yetib brogan har bir nuqtasi ikkilamchi to’lqinlar manbaiga aylanadi. Bu nima? Gyugens-Frenel prinsipi Gyugens prinsipi Malyus qonuni Pauli prinsipi 25 / 40 Категория: att fizika 13 25) 200 V kuchlanishli tarmoqqa ulangan transformatorning birlamchi cho’lg`amidagi o`ramlar soni 80 bo`lsa, ikkilamchi cho’lg`amida 600 V li kuchlanishni hosil qilish uchun undagi o`ramlar soni nechta bo`lishi kerak? Bunday transformator yuksaltiruvchi bo`ladimi yoki pasaytiruvchimi? 240, pasaytiruvchi 40, pasaytiruvchi 40, kuchaytiruvchi 240, yuksaltiruvchi 26 / 40 Категория: att fizika 13 26) A.S.Popov va T. Edison biografiyasini o‘rganuvchlarular ularda o‘xshash jihatlar borligini ta'kidlaydilar. Har ikkisining ixtirolarining maqsadi nomukammal qurilmalarni mukammallashtirishdan iborat bo‘lgan. T. Edison cho‘g‘lanma lampa spirali uchin material tanlash bilan shug'ullangan. A.S. Popov nima ustida ishlagan? Kogerer ixtirosi Radio ixtirosi va Antenna yaratish A va B Kogererni elektr qo’ng’iroq bilan qayta ishga tushirish 27 / 40 Категория: att fizika 13 27) Planetamiz o‘zining barcha mavjudotlari bilan o‘z o‘qi atrofida aylanadi va fazoda har sekundda 30 km ga siljiydi. Yer Quyosh atrofida qaysi paytda tezroq harakat qiladi – kunduzimi yoki kechasi? Kechasi Bir xil TJY Kunduzi 28 / 40 Категория: att fizika 13 28) Matematik mayatnikka yuk osilgan. Eng chetki vaziyatda qaysi energiya katta? TJY Kinetik Kinetik va potensial energiyalar teng Potensial 29 / 40 Категория: att fizika 13 29) Qog’oz qayiq, gugurt quti, plastmassa buyum suvda suzibb yuribdi. Qay biriga ta’sir qiluvchi Arximed kuchi katta? Qog’oz qayiq Qaysi ko’p botsa shunga ta’sir qiluvchi Arximed kuchi katta Plastmassa buyum Gugurt quti 30 / 40 Категория: att fizika 13 30) Qaysi ishqalanish kuchi katta (bir xil sharoitda)? Tinchlikdagi Hammasi teng Sirpanish Dumalanish 31 / 40 Категория: att fizika 13 31) Sovuq tunda muz bilan qoplangan deraza oynasidan ko‘cha chiroqlari atrofidagi kamalak manzarasiga e'tibor bering (yaqinroqdan qaralsa ko'k, uzoqroqdan esa — to'qsariq, qizil). Agar kishi toza havoda yorug'lik manbalari atrofida kamalak manzarasini ko‘rsa, tibbiyotda ko'z kataraktasining boshlanish belgisi deb hisoblashadi. Bu jarayonning fizikaviy nomi nima? Difraksiya Interferensiya Qutblanish Galo effekti (nurning muz bo’laklarida dispersiyalanishi) 32 / 40 Категория: att fizika 13 32) 1 ta atomda 4ta kvant soni bir xil bo’lgan 2 ta elektron bo’lishi mumkinmas. Bu nima? Doppler effekti Pauli prinsipi Kapalak effekti Shtark effekti 33 / 40 Категория: att fizika 13 33) Humo arenasi kengligi 40m. Xokkey shaybasi 30m/s tezlik bilan devorga necha marta urilib to’xtaydi? Ishqalanish koeffitsiyenti 0,1. g=10m/s2 11 40 20 23 34 / 40 Категория: att fizika 13 34) Yer sirtidagi metall sterjen sovutilsa, uning potensial energiyasi qanday o‘zgaradi? Ortadi Kamayadi O’zgarmaydi A yoki B 35 / 40 Категория: att fizika 13 35) To’lqin manbai va qabul qiluvchini bir-biriga nisbatan harakati natijasida qabul qilinayotgan to’lqin chastotasining o’zgarishi nima deyiladi? Shtark effekti Pauli effekti Doppler effekti Kapalak effekti 36 / 40 Категория: att fizika 13 36) Quyosh aktivligi 300-1200 km/s tezlik bilan quyosh tojidan kosmik fazoga chiqadigan ionlashgan zarralar oqimi, ya’ni Quyosh shamolida namoyon bo‘ladi.Quyosh aktivligining sezilarli darajada oshishi–bu … Yerni sovib ketishiga sabab bo’ladi Yerdagi haroratni keskin oshishiga sabab bo’ladi Yerdagi magnit bo’ronlariga (magnit anomaliyasiga) sabab bo’ladi TJY 37 / 40 Категория: att fizika 13 37) Linza yordamida elektr lampochkasining haqiqiy tasviri hosil qilindi. Agar lampaning yuqori yarmini yopib qo‘yilsa, tasvir qanday o‘zgaradi? O’zgarmaydi, biroz xiralashadi Kichrayadi Kattalashadi Yarmi yo’qoladi 38 / 40 Категория: att fizika 13 38) Silindr shaklidagi ikkita jism ustida yotgan chizg‘ich 4 cm oldinga suriladi. Silindrlar qancha masofaga siljiydi (cm)? 4 6 8 2 39 / 40 Категория: att fizika 13 39) Yer massasi Oy massasidan qancha katta? 105 81 62,5 6 40 / 40 Категория: att fizika 13 40) l=1,5m li matematik mayatnik lift shiftiga osilgan holda 4 m/s2 tezlanish bilan tushmoqda. Mayatnik tebranish davri qancha (s)? g=10m/s2 4π π/2 π 2π Your score is 0% Qayta boshla Fizika (att)